• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqand saboqlaridan hokimlar to‘g‘ri xulosa chiqardimi?

    O‘tgan haftaning ikki-uch kuni butun mamlakat diqqati Samaraqandga qaratildi. Viloyat hokimining gardaniga og‘ir ayblar qo‘yilib, o‘z vazifasidan bo‘shatilganligi ko‘pchilik uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Ammo samarqandliklarga bu ertami-kechmi ro‘y berishi ma’lum edi. Bu haqda “Nuz.uz” sahifalarida jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev fikr yuritgan.

    Foto: “Nuz.uz”

    Foto: “Nuz.uz”

    Hozirgi tezkor zamonda gap bir joyda turmaydi. 30 yil mobaynida bitta ham yangi maktab qurilmagan Samarqandda bir vaqtning o‘zida o‘nlab ko‘p qavatli uylarning bunyod etilishi va ularni qurishda olinayotgan ruxsatlar qanday berilayotganligi haqidagi gap-so‘zlar aholi orasida anchadan beri bor edi. Ana shu gaplar asossiz bo‘lamaganligini xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi isbotladi.

    Viloyat sobiq hokimining korrupsiya girdobiga kirib ketishi faqat uning shaxsiyatidagi qusurlar oqibatimi? Unday bo‘lsa nega buncha tez, har ikki-uch yilda, ba’zan bir yilda “navbatdan tashqari” sessiyalar o‘tkazilmoqda? Misol uchun uzoqqa borish shart emas. Agar Turob Jo‘rayev Samarqandda bir yil ishlagan bo‘lsa, undan oldingi hokim yarim yilgina faoliyat yurgizgan edi. Demak, bu yerda gap faqat ayrimlarning pulga o‘chligi, harom-halolni bilmasligi, mahalliychilik, qarindosh-urug‘chilik kasaliga mubtalo bo‘lishida emas ekan. Xo‘sh, unda gap nimada? Keling, bu haqda mulohaza yuritib ko‘raylik.

    Shaffoflik yetishmayapti, ochiqlik zarur

    2017-yilning 8-sentabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida qayd etilganidek, “ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining yetarli darajada ochiq va shaffof emasligi, jamoatchilik nazoratining kuchsiz mexanizmlari haddan tashqari byurokratiyaga va korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga olib kelmoqda”. Hujjatda mavjud salbiy holatning muhim sabablari sifatida hokimiyat organlari faoliyati ochiq va shaffof emasligi hamda jamoat nazorati yetarli darajada bo‘lmayotganligi ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining aniq bir ish reglamenti yo‘q. Ular faoliyatiga baho berishning aniq mexanizmi ham mavjud emas. Amaldor o‘zini fuqaro oldida, xalq oldida hisobotdor deb hisoblamaydi.

    Keyingi paytda tillarda doston bo‘lgan qurilish sohasini olaylik. Qizig‘i, aniqrog‘i, achinarlisi shuki, ayrim quruvchilar bir necha kun ichida, boshqalar esa oylar va hatto yillar davomida kerakli hujjatlarini rasmiylashtira olishmaydi. Minglab binolarning qonun talablarini inobatga olmasdan, hujjatsiz qurilayotganligining sabablaridan asosiysi ham shu. Hech kim bu yerda qanday mezon asosiy ekanligini bilmaydi. Aslida biladiganlar bor, ammo bu haqda yaqingacha ochiq gapirilmasdi. Viloyat hokimi ishdan olingandan so‘ng qurilish sohasidagi korrupsiya, qurilishning har bir bosqichidagi “stavkalar” haqida aniq aytiladigan bo‘ldi. Ya’ni “sirli” mezon oshkora bo‘ldi.

    Hatto bolalar bog‘chasi qurilishi uchun kerakli hujjatlarni tayyorlashni paysalga solib kelinayotganligiga ham ana shu “sirli” mezon sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak. Aks holda nega bog‘cha quraman deb yurgan tadbirkorlarga yer ajratish masalasi paysalga solib kelinmoqda? Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 17-18-mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan topshirig‘iga ko‘ra viloyat bo‘yicha 233 ta nodavlat va davlat-sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim muassasalariga yer va bino ajratish bo‘yicha tuman va shahar hokimlarining tegishli qarorlarini bir oy muddatda qabul qilish lozimligi belgilangan edi. Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, haligacha 82 ta maktabgacha ta’lim muassasasi uchun hokimlar qarori qabul qilinmagan.

    Davlat idoralarining qaror qabul qilish funksiyasini kamaytirib borish, jamotchilik nazoratini kuchaytirish, boshqaruv organlarining turli bo‘g‘inlarida jamoatchilik kengashlarini tashkil etish orqali ushbu idoralar faoliyatining ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash amaldorlarning qonun doirasida ishlashga undovchi omillardan bo‘lishi mumkin.

    Hokim mutlaq hukmdor emas!

    Hokim bir vaqtning o‘zida tegishli hudud (viloyat, tuman, shahar)da ham ijroiya hokimiyati va ham davlat hokimiyatining vakillik organi bo‘lmish xalq deputatlari Kengashini boshqaradi. Konstitutsiyaning 11-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi” deb belgilab qo‘yilgan. Ammo mahalliy davlat boshqaruvi darajasida ushbu talabga rioya qilinmasdan kelinmoqda.

    Hokimlarga keng vakolat berilganligi, o‘zi rahbar bo‘lgan hududdagi fuqarolarga hisobotdor emasligi oqibatida ularning ayrimlari o‘sha hududda o‘zlarini hokimi mutlaq sifatida tutadigan bo‘lishdi. Odamlarni mensimaslik, o‘z ustidan nazoratni yo‘qotib, katta-kichik yig‘ilishlarda o‘zgalarni kamsitish, haqoratlash kabi illatlar ba’zi bir hokimlar uchun odatiy holga aylandi.

    Biz ham barcha demokratik mamlakatlarida bo‘lgani kabi hokimiyatlar bo‘linishining konstitutsiyaviy tamoyilini hayotga joriy etishimiz, o‘zaro tiyib turish va qarshi ta’sir etishdek (inglizchada checks and balances) manfaatlar muvozanatini saqlab turishning muhim omili bo‘lgan tizimni amalda qo‘llashimizning vaqti kelgandir?!

    Buning uchun xalq deputatlari viloyat (shahar, tuman) kengashlari hokimning boshqaruvidan chiqarilishi lozim. Hokim faqat ijroiya hokimiyatining raisi bo‘lib qolmog‘i shart. Uning vakolatiga nimalar kirishi aniq belgilab qo‘yilish zarur. Siyosiy rahbarlik to‘lasincha saylab qo‘yiladigan kengash raisiga o‘tsin, hokim esa aholiga yaqin ishlarni bajarsin, kengashga hisobotdor bo‘lsin.

    Yana bir taklif. “Hokim” degan atamani almashtirish kerak deb o‘ylayman. Ijroiya hokimiyat rahbarini boshqacha, oddiyroq atash maqsadga muvofiqdir, balki? Chunki, bir tomondan, “hokim” deganda, ko‘pchilikning ko‘z oldiga hukmini har qanday yo‘l bilan o‘tkazadigan hukmron namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, birinchi rahbarlarning aksariyati o‘z faoliyati bilan “o‘z” hududida mutlaq hukmron ekanligini ko‘rsatib kelmoqda. Nomda, nomlanishda gap ko‘p! Uning yukini hamma ham ko‘tara olmaydi.

    Joylardagi haqiqiy ahvolni bo‘yab ko‘rsatish kimga foyda?

    Hokimlarning ana shunday mutlaq hokimiyatidan xabardor bo‘lgan atrofidagilar ham, jurnalistlar ham jim yurishni ma’qul ko‘rishadi. Buning yana bir sababi bor. Yig‘ilishlarda ham, turli-tuman uchrashuvlarda ham hokimning bir yonida prokuror, ikkinchi tomonida IIB boshlig‘i turadi. Hokimning noo‘rin so‘zlariga, dashnomiga javob berganlarning holiga maymunlar yig‘laydi. O‘sha rahbarlarning fuqarolarni qabul qilish kunlari idorasiga borganlar aksar hollarda “boshliq hokimiyatga ketgan” degan javobni olishadi. Ular zarur hollarda, kerakli paytda mayli hokim yonida bo‘lishsin, lekin uning noqonuniy xatti-harakatiga vaqtida to‘g‘ri baho ham berishsin.

    Joylardagi asl holatni davlat rahbaridan yashirishga urinadiganlar o‘zi nimani o‘ylaydi? Yarim kun uchun, rahbarga yaxshi ko‘rinish ilinjida yaltiratib qo‘yilgan ko‘chayu maydonlar, quloqqa xush yoqadigan, ammo haqiqatdan uzoq bo‘lgan so‘zlardan iborat chiqishlar kimga kerak? Xalq hammasini ko‘rib, bilib turibdi-ku!

    Prezident joylarda haqiqiy ahvoldan xabar topish uchun chiqqanida, uchrashuvga doimo deyarli bir xil odamlarni taklif etishadi. Bular — bir og‘iz ham gapirmaydigan, aniqrog‘i, o‘rgatishganidan boshqa narsani tilga olmaydigan, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lmagan yoki o‘z qarashlarini bayon qila olmaydigan sobiq rahbarlar. So‘zga chiqadiganlar nima haqida gapirish xususida yo‘l-yo‘riq olishadi, chiqish matni bir necha marta ko‘rib, “tuzatiladi”. Ularning sahnaga qanday chiqishb, qaysi tomondan minbarga yaqinlashishi obdon mashq qilinadi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev qarsakbozlik davri tugaganligini, barcha mas’uliyat bilan o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarishi lozimligini, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi zarurligini muntazam takrorlab kelayotgan bir vaqtda o‘z manfaatini o‘ylaydigan, shum niyatli rahbarlarni o‘z vaqtida fosh etilishi ham davlatga, ham xalqqa foyda.

    20.07.2018, 22:07   Izoh (0)   38747
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dollar birjada haftani 7 789, yevro esa 9 200 so‘m darajasida yakunlamoqda

    20.07.2018, 21:42

    O‘zbekiston korxonasi Ummon va BAAga go‘sht mahsulotlari eksport qiladi

    20.07.2018, 21:31

    Farg‘onada profilaktika inspektori o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijodiy tanlov o‘tkazdi

    20.07.2018, 19:56

    Po‘lat Bobojonov Samarqand IIB reabilitatsiya markaziga 20 million so‘mlik kitob sovg‘a qildi

    20.07.2018, 18:15

    O‘zbekistonda fuqarolar reproduktiv salomatligini asrash to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlandi

    20.07.2018, 17:54

    Moliy vazirligi O‘zbekiston tashqi qarzi YaIMga nisbatan 23,7 foizgacha o‘sishini prognoz qildi

    20.07.2018, 17:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.