O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan Muratt qo‘shma korxonasi kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirib, ularni Ummon va Birlashgan Arab amirliklariga eksport qiladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Ishlab chiqarish hajmlari kuniga ikki tonnadan to‘rt tonnagacha oshiriladi. Buning uchun BAAdan 1,7 million dollarlik moliyaviy resurslar jalb qilindi. Amirliklar tomonidan birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha taklif ushbu davlat mutaxassislari tomonidan O‘zbekistonda tayyorlanayotgan shu kabi mahsulotlar tekshirib chiqilgandan so‘ng bildirildi. Mehmonlarga uning sifati va narxi to‘liq manzur bo‘lgan.
BAA va Ummon iste’molchilari o‘z mentalitetlariga yaqin mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni ijobiy qabul qilishini bildirgan.
Yangi sex uchun qurilish uchastkasini olish uzoq vaqt muammo bo‘lib kelayotgan edi. Toshkent shahar hokim vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlar va investorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida Uchtepa tumanidan yer uchastkasini nol qiymatda ajratib berish bo‘yicha masalani qisqa vaqt ichida ko‘rib berdi.
Izoh (0)