Turkiya va Niderlandiya diplomatik munosabatlarni me’yorlashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Hürriyet Daily News xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Turkiya va Niderlandiya tashqi ishlar vazirlari Mavlut Chuvasho‘g‘li va Stef Blok telefon so‘zlashuvi davomida Anqara va Gaagaga qaytadan elchilarni jo‘natishga kelishib olgan.
Ikki mamlakat TIV rahbarlari 2018-yilning ikkinchi yarmida Blokning Turkiyaga rasmiy tashrif buyurishini ham kelishib olgan.
NATO sammiti maydonida 11-iyulda Bryusselda ikki mamlakat TIV rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va unda tomonlar diplomatik munosabatlarning me’yorlashtirilishiga tayyorligini bildirgan.
Izoh (0)