Buyuk Britaniyalik mashhur aktyor Benedikt Kamberbetch 19-iyulda 42 yoshga to‘ldi. Aktyor o‘z karyerasi davomida bir necha o‘nta filmda suratga tushishga ulgurdi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Aktyor o‘z karyerasini teatr sahnasidan boshlagan. 2000-yillarning boshida Kamberbetch Rijens-Parkda ochiq osmon ostidagi teatrda va Qirollik milliy teatrida rollarni ijro etgan.
Shu bilan bir vaqtda aktyor televideniyeda ham suratga tushishni boshladi, biroq teatrni tashlamadi. Unga birinchi yirik muvaffaqiyatni “Stiven Xoking” filmi keltirdi.
2010-yilda Benedikt Kamberbetch “Sherlok” serialida asosiy rolni ijro etib noodatiy mashhurlikka erishdi.
Kamberbetch 2013-yilda “Beshinchi hokimiyat” filmida rol ijro etgan.
2016-yilda aktyor Marvel filmida asosiy rol bo‘lgan Doktor Strenjni o‘ynagan.
Izoh (0)