Markaziy bank “virtual karta”, “antifrod”, “kobeyjing kartasi” va “CVC-kod” terminlarini qonunchilikka kiritadi. Bu haqda bank kartalarini chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kirituvchi hujjat loyihasida so‘z yuritiladi, deb yozadi Spot.
Regulyator bir nechta yangi terminlarni qonunchilikka kiritishni taklif qilmoqda:
virtual karta — jismoniy tashuvchisiz maxsus bank kartasi, internet tarmog‘idagi to‘lovlar uchun mo‘ljallangan. Bank kartasining to‘lovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan rekvizit ma’lumotlaridan iborat.
CVV (CVC) kod — internet tarmog‘ida to‘lovlarni amalga oshirishda bank kartasining haqiqiyligini tekshirish uchun qo‘llanuvchi maxsus kod;
antifrod tizimi — bank kartalari orqali to‘lovlarni o‘tkazish vaqtida firibgarlik operatsiyalarini baholash va oldini olish tizimi.
Bank kartalarini uch turga: tizimli, xususiy va kobeyjing kartalariga ajratish ko‘zda tutilgan.
“Kobeyjing bank kartalari bir nechta to‘lov tizimlarida amal qilib, ularning logotiplari kartalarning yuz tomonida joylashgan”, — aniqlik kiritadi Markaziy bank.
Loyihada bitta karta hisobiga bir nechta qo‘shimcha bank va virtual kartalarini biriktirish tartibini tasdiqlash taklif etilmoqda.
2-avgustgacha hujjat bilan tanishish, o‘z takliflarini kiritish va izohlar qoldirish mumkin. Uning kuchga kirishi rejalashtirilayotgan sana — 10-avgust.
Izoh (0)