O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Qirg‘iziston xavfsizlik, huquq-tartibot va qonunchilik sektorlarining xotin-qizlar assotsiatsiyasi delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Delegatsiya a’zolari Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Hamrotosh Shodiyeva hamrohligida Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi, diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rdi.
Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Ulug‘bek rasadxonasi, “Afrosiyob” muzeyi kabi diqqatga sazovor joylarda bo‘lgan mehmonlar O‘zbekiston tarixi, xalqning boy madaniy merosi haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Izoh (0)