“Mening fikrim” portalida O‘zbekistonda maktab direktorlari saylanishini joriy etish haqidagi taklif joylashtirildi.
Taklif muallifi Isroil Tillaboyev o‘z fikrini quyidagicha asoslagan:
“Maktab direktorlari maktab joylashgan hududda ta’lim va tarbiya uchun asosiy javobgar va mas’ul shaxslardan biri hisoblanadi. Ko‘p hollarda, garchi munosib bilim, tajriba va salohiyatga ega bo‘lmasa ham, maktab direktorligi lavozimiga tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari o‘zlari istagan shaxslarni tayinlaganiga guvoh bo‘lamiz. Bu albatta, farzandlarimizning tarbiyasida o‘zining natijasini ko‘rsatmay qolmaydi. Buning oldini olish uchun Xalq ta’limi vazirligi huzurida ko‘p yillik tajribaga ega, halol, faxrli pedagoglardan iborat tarkibda kengash tuzish lozim. Bu, o‘z navbatida, kengash tomonidan nomzodlarni ko‘rib chiqish va direktorlikka munosib nomzodni saylash imkoniyatini yaratadi”.
Mazkur taklif hozircha 913 ta ovoz to‘pladi.
Izoh (0)