Tojikiston hukumati huzuridagi atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi rahbari Talbak Salimov Sarez ko‘li suvini sotishni taklif qildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Salimov bunga muhtoj bo‘lgan davlatlarga suvni sotish zarurligini bildirmoqda. Uning aytishicha, ko‘lni suvsiz qoldirish Tojikistonga zarar yetkazmaydi: respublika yetarli suv resurslariga ega.
Qo‘mita rahbari “Sarez muammosini” imkon qadar tezroq hal qilish kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Chunki ko‘l yuqori darajadagi xavf zonasi bo‘lib qolmoqda.
“Biz fojia qachon bo‘lishini bilmaymiz — bugun, ertaga, bir yildan keyin”, — deb qo‘shimcha qildi Talbak Salimov.
Ma’lumot uchun, Sarez ko‘li Tojikistonning Tog‘li-Badaxshon avtonom viloyati Murg‘ob tumanida joylashgan. Uzunligi 70 kilometr, chuqurligi 500 metrga yaqin, umumiy hajmi 17 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Seysmik faol hududda joylashgan mazkur ko‘l toshib ketsa ulkan suv massasi deyarli Orol dengizigacha yetib borishi mumkin.
Izoh (0)