• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda o‘z faoliyatini og‘ilxonada olib borishga majbur bo‘lgan tadbirkor ayolga yer ajratib berildi

    Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi Muhabbat Nusratova yoshligidan momomeros hunarlar — kashtachilik, tikuvchilik bilan shug‘ullanib keladi. Vaqt o‘tib farzandlar ulg‘aygach, qizlari, nabirayu kelinlari ham uning izidan bordi. Yaratilayotgan qulay imkoniyatlardan foydalanib, qo‘li gul hunarmand faoliyatini oilaviy tadbirkorlikka aylantirdi, deb yozadi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Agentlik Qashqadaryo Muhabbat Nusratovaning tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan joy bilan bog‘liq masala yuzasidan duch kelgan muammolari haqida hikoya qildi. Quyida maqola to‘laligicha taqdim etiladi.

    2000-yilda tashkil etilgan “Farhod MN” oilaviy korxonasida tikilgan kashtalar, iroqi do‘ppilar, so‘zanalar ko‘plab tanlovlarda g‘olib bo‘ldi. Hunarmand opa faoliyatini kengaytirib matras, ko‘rpa, choyshablarni ham tika boshladi. Buyurtmalar ko‘payishi bilan ish hajmi va ishchilar soni ham ortdi. Hovlining torligi mijozlarga ham noqulaylik tug‘dirardi. Shu bois, Muhabbat opa maxsus joy qidirish tashvishiga tushdi.

    “2015-yil tuman hokimligiga joy so‘rab murojaat qildim”, – deydi Muhabbat Nusratova. – “Tuman hokimi uyga kelib sharoitni ko‘rgach, ilgari mehmonxona bo‘lgan va keyinchalik qarovsiz yotgan binoning bir qismini taklif qildi. U joyda ishlash uchun hech qanday sharoit yo‘q edi. Bizga ajratilgan binoni ta’mirladik. 500 metr masofadan elektr energiyasi tortib keltirdik, binoga o‘tish uchun ariq ustiga beton plita yotqizib, ko‘prik qildik. Shu yerda 2018-yilgacha ijara shartnomasi asosida faoliyatimizni yuritdik. 20 ta ish o‘rni yaratildi. Endi ishlarimiz rivojlana boshlaganda profilaktika inspektorlariga uy qilib beramiz, deb binodan chiqib ketishimizni aytishdi. Tabiiyki, men rozi bo‘lmadim. Axir, bu yerga ozmuncha xarajat qildik-mi? Shundan so‘ng portalga yozdim. Mutasaddilar murojaatimni o‘rganib chiqib, qilgan ishlarimni ko‘rib, o‘sha binoning bir qismi sizga, devor bilan aylantirib oling, deyishdi. Men bunga ishondim. Yana xarajat qilib, devor ko‘tardim. Bu ishlar yakunlangach, birozdan so‘ng tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va boshqalar kelib, binoning aynan men obod qilgan qismini olishini aytishdi. Qancha urinmay, foydasi bo‘lmadi. Ilojim yo‘q. Mulk davlatniki edi. Binoni olishdi. Kuyib qolaverdim.

    Ishdan qo‘lim sovidi. Hamma narsani buzib, uyga olib keldik. Hafsalam pir bo‘lgan edi. Boshqa bu ish bilan shug‘ullanmayman, hammasini to‘xtaman, derdim o‘zimga o‘zim. Lekin ishchilarim va oila a’zolarim dalda berishdi. Hovli to‘ridagi og‘ilxonani ta’mirlab, o‘sha yerga uskunalarimizni joylashtirdik. Buyurtmalar ko‘p edi. Ko‘p qismini ishchilar uyiga olib ketib, tikib kela boshladi. Ilojsiz, noqulay sharoitda — og‘ilxonada ishni davom ettirdik va hamon shunday ishlayapmiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Albatta, bu orada murojaat qilmagan joyim qolmadi. Viloyat hokimigacha bordim. Chunki bizga sex uchun joy zarur edi. Shunday to‘xtab qololmasdim. Har safar “Bo‘ldi opa, sizga joy ajratamiz”, deyishadi. Ammo hal bo‘lmaydi. Yaqinda, may oyida viloyat hokimligi boshchiligida tumanimizda kengaytirilgan sayyor qabul bo‘ldi. Yana umid bilan qatnashdim. Viloyat prokurori qabuliga kirdim. Dardimni aytdim. Barcha hujjatlarimni taqdim qildim. Boshida ular ishonishmadi. Ishim bilan tanishgani guruh yubordi. Uyimga kelib, qanday sharoitda ishlayotganimni, hatto ishchilarimning mehnat daftarchasigacha ko‘rishdi. Shundan so‘ng viloyat prokurori shu yerning o‘zida tumanimiz markaziga yondosh hududda barpo etilayotgan namunali massivdan uch sotix yer ajratish to‘g‘risida mas’ullar bilan birgalikda qaror chiqarib berdi. O‘zimda yo‘q xursand bo‘ldim.

    U yerda sex uchun bino qurish maqsadida hujjatlarni tayyorlay boshladim. Og‘zim kuygani uchun hali ham ishonmasdim. Aytganimdek, tuman kadastr idorasi “Yerni tanlov asosida olishingiz lozim, bunday tartibda sizga yer ajrata olmaymiz”, deb qaytardi. Tuman arxitektori esa xulosa chiqarib berishdan bosh tortdi. Qo‘limda esa qaror. Hayratdan yoqa ushladim. Yana qayta viloyat prokurori huzuriga bordim. Nihoyat, qancha gap-so‘zlardan keyin zo‘rg‘a tuman mutasaddilari hujjatlarimga imzo qo‘yishdi. Qurilishni boshlab yubordik”.

     

    17.07.2018, 23:33   Izoh (0)   30477
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIBB YHXB Yo‘l harakati sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi boshqa joyga ko‘chdi

    17.07.2018, 23:20

    Toshkent IIBB firibgarlar ko‘proq tanishlar orasida uchrayotgani haqida ogohlantirdi

    17.07.2018, 23:08

    Farg‘onada odam o‘g‘irlagan zo‘ravonlar ustidan hukm o‘qildi

    17.07.2018, 22:32

    Toshkentda pora bilan qo‘lga tushgan “Vatanparvar” tashkiloti rahbarlaridan biriga hukm chiqarildi

    17.07.2018, 21:44

    O‘zbekistonning yangi elchisi Fransiyaga jo‘nab ketdi

    17.07.2018, 20:43

    O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari o‘rtasida hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi (foto+video)

    17.07.2018, 19:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda uchayotgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 17:30

    AQSH G‘arbiy Sohildagi falastinliklar cherkoviga hujumni terrorchilik harakati deb atadi

    Dunyo | 20 iyul, 17:10

    Suriya hukumati Suvayda shahrida tartib o‘rnatilganini, badaviy qabilalar ortga chekinganini ma’lum qildi

    Dunyo | 20 iyul, 16:50

    O‘zbekistonda gepatitni aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkazilganlar soni ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 16:20

    Isroil gumanitar yordam olish uchun ketayotgan 36 nafar g‘azolikni o‘ldirdi

    Dunyo | 20 iyul, 15:47

    “Barselona” Markus Reshford borasida “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 20 iyul, 14:35

    Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 100 mlrd yevrolik byudjetini bloklash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 14:10

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etganlar psixokorreksiyadan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 13:40

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.