• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xitoy Farg‘ona viloyatiga yirik miqdorda investitsiya kiritadi

    Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiyasi Xitoy xalq respublikasida bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Delegatsiya tarkibidan Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari hokimlari va ularning investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, soha bo‘yicha mutaxassislar hamda bir guruh tadbirkorlar o‘rin oldi.

    Dastlab delegatsiya a’zolari Xitoyning qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish va loyihalash bo‘yicha yetakchi davlat korxonalaridan biri bo‘lgan China Building Material Academy’ga tashrif buyurib, kompaniyaning tarixi, qo‘lga kiritgan yutuqlari va kelajakdagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

    Beijing Truimph International Engineering Co. Ltd kompaniyasi bosh ofisida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston tumanida sement va gipsokarton ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona barpo etish bo‘yicha memorandum imzolandi. Shuningdek, Beijing Truimph International Engineering Co. Ltd kompaniyasi bilan qurilish mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalar barpo etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Kompaniya tomonidan ikki tomonlama savdo aylanmasini oshirish maqsadida Qo‘qon shahrida mahsulotlar ombori va logistika markazi barpo etish istagi bildirildi. Ushbu taklif Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan ma’qullandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Delegatsiya vakillari O‘zbekistonning Xitoydagi favqulodda va muxtor elchisi B.Saidov hamrohligida Xubey provinsiyasining Uxan shahriga tashrif buyurdi. Qurilish va avtomobil sanoati uchun po‘lat rulonlar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya hisoblangan Shina Baowu Steel Iron Company’ning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

    Shundan so‘ng, China Maneco Co. Ltd farmatsevtika kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Kompaniya rahbariyatiga Farg‘ona viloyatida tabletkalar, suspenziyalar, inyeksiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona tashkil etish bo‘yicha taklif berildi. Kompaniya rahbariyati bilan yaqin oylar ichida Farg‘ona viloyatida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qo‘shimcha muzokaralar olib borishga kelishib olindi.

    Xitoyga safarning ikkinchi kunida Westin mehmonxonasida delegatsiya a’zolari hamda Uxan shahri hokimligi, savdo-sanoat palatasi va Xubey provinsiyasining 50 nafardan ortiq tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi.

    Delegatsiya a’zolari Uxan shahri meri Chjou Syanvan tomonidan rasmiy qabul qilindi. Farg‘ona viloyati bilan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Uxan shahri hokimligi delegatsiyasi joriy yilning sentabr oyida Farg‘onaga tashrif buyuradigan bo‘ldi.

    Xubey provinsiyasi gubernatori Van Syaodun tomonidan o‘tkazilgan rasmiy qabulda Shanxi Zhongya Building Material Co. Ltd kompaniyasi bilan Beshariq tumanida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan Farg’ona Yasin qurilish mollari qo‘shma korxonasining sement ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish borasida muzokaralar olib borildi. Muzokaralar so‘ngida tomonlar kelishuv memorandumini imzoladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Delegatsiya a’zolari Wuhan Asia-Europe Logistics Co. Ltd kompaniyasiga ham tashrif buyurdi. Ushbu kompaniya Yevropa va Rossiya mamlakatlariga yuk yetkazib berishga ixtisoslashgan Xubey provinsiyasidagi eng yirik davlat logistika markazi hisoblanadi. Ushbu kompaniya Xubey–Xorgas–Andijon temir yo‘li qatnovini yo‘lga qo‘ygan. Kompaniya vakillariga Farg‘ona viloyatida logistika markazini tashkil etish hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qilish bo‘yicha hamkorlik taklif etildi. Joriy yilning sentabr oyida ushbu kompaniya vakillari ham Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi.

    Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Shandon provinsiyasining Zibo shahriga tashrifi davomida ham bir qator yangi loyihalar bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Jumladan, Farg‘ona shahridagi Modern Ceramiks Industries mas’uliyati cheklangan jamiyati va Zibo Herui China korxonasining oltingugurtni qayta ishlash orqali sulfar polimer ishlab chiqarish, WMB Chemical Co. Ltd kompaniyasining sulfar uglerod ishlab chiqarish loyihalari hamkorlikda amalga oshiriladigan bo‘ldi. Great Wall Ceramics Co. Ltd va ZRSC Technology Co. Ltd o‘rtasida o‘tga chidamli g‘isht ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona tashkil etish, Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Starke Uzbekistan qo‘shma korxonasi negizida forfor chinni idishlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shaffof Omadli Sanoat va The Urumqi Silk Road Power Trading Co. Ltd korxonalari o‘rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar siqilgan gaz uchun ballonlar hamda ular uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha ham memorandum imzoladi.

    Delegatsiya vakillari bugun o‘z safarlarini yakunlashadi. Xitoy safari davomida imzolangan hujjatlar asosida Farg‘ona viloyatiga katta miqdorda xorijiy investitsiya jalb etilishi kutilmoqda.

    17.07.2018, 11:45   Izoh (0)   28986
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    NATO sammiti Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi yakunlarini qo‘llab-quvvatladi

    17.07.2018, 10:18

    Yangiyo‘llik tadbirkor MIB xodimiga 400 dollar pora taklif qildi

    17.07.2018, 10:05

    O‘zbekiston Oliy sudi plenumi majlisida 25 nafar sudya qasamyod qildi

    17.07.2018, 09:25

    O‘zbekistonlik 7 nafar mutaxassis o‘qish va tadqiqot uchun AQShga yo‘l oldi

    17.07.2018, 08:45

    UzReport telekanali tez kunda yosh sport sharhlovchilari uchun ko‘rik-tanlov e’lon qiladi

    17.07.2018, 08:24

    Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish yuzasidan Prezident qarori qabul qilindi

    16.07.2018, 23:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:13

    UFC prezidenti Oq uyda o‘tadigan musobaqada qaysi sportchilar jang qilishi mumkinligini ochiqladi

    Sport | 15 avgust, 16:08

    “Bu O‘zbekistonsiz amalga oshmagan bo‘lardi”. Germaniya fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi yordam uchun minnatdorlik bildirdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:06

    Taksi haydovchisi yo‘lovchiga, mast erkak esa tanishiga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 15:56

    Britaniyadagi aeroportda samolyotlar to‘qnashishi sabab parvozlar vaqtincha bekor qilindi (video)

    Dunyo | 15 avgust, 15:35

    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

    Reklama | 15 avgust, 13:30

    Bolaning begonasi bo‘lmaydi: farzand asrab olgan jahonga mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 15 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.