• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada odam o‘g‘irlagan zo‘ravonlar ustidan hukm o‘qildi

    Farg‘ona viloyati Toshloq tumanining Besholish dahasida joylashgan dala hovlidagi jimjitlikni ikki kishining kulgisi buzadi. Bu haqda O‘zA hikoya qilmoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Irodaning uyali telefoni jiringlayvergach, "oshiq-ma’shuq"larning xayoli bo‘lindi. Qo‘ng‘iroq egasi ayolning ilgarigi tanishlaridan biri Nozim ekan.

    Telefondagi bir-ikki daqiqalik suhbat ko‘p o‘tmay jiddiy tus oldi. Bunga Irodaning yonida turgan erkakning ovozi sabab bo‘ldi.

    — Yoningdagi kim? — deb so‘radi Nozim ayoldan.

    Iroda savoldan shoshib qoldi shekilli qo‘l telefonidagi aloqani darrov o‘chirdi. Nozimga eshitilgan ovoz Rustam Yusupovga tegishli edi. Ilgaridan uni tanigan Nozim telefondagi ismlar ro‘yxatidan Rustamning raqamini topdi. Bu galgi qo‘ng‘iroq erkaklar orasidagi tortishuvga aylanib ketdi. Kurakda turmaydigan haqorat so‘zlari yangradi.

    —Hozir qayerdasan? — dag‘dag‘a qildi Rustam uning manzilini so‘rarkan.

    — Sen o‘zing qayerdasan, — deb jahl otiga mindi Nozim ham bo‘sh kelmay.

    – Bu yerlarni topa olmaysan, kutib tur, men o‘zim sening yoningga boraman!

    Ko‘p o‘tmay Nozimning Farg‘ona shahridagi yashash manziliga Lacetti mashinasi yetib keldi. Undan birin-ketin tushib kelgan “ko‘cha xo‘jayinlari”, Rustamning hamtovoqlari Doston Azimov, Mansur Mo‘minov va Farhod Millaboyev edi. Rustamdan uni olib kelish haqida tegishli ko‘rsatma olgan korchalonlar Nozimning mahallasida “hunarlari”ni ko‘rsatdi, uni do‘pposladi. Bu bilan qanoatlanmagan bezorilar Nozimni mashina yukxonasiga majburlab “joylab”, Besholishdagi dala hovliga yo‘l oladi. Bu holatlarning barchasi shu hududda joylashgan do‘kondagi kuzatuv kamerasiga muhrlanib qoldi.

    Rustamning topshirig‘i yakuniga yetganida dala hovlini allaqanday bezovtalik qopladi. Rustam qarshisidagi raqibidan nimaga haqorat qilganining so‘rog‘ini olib boravergach, Nozim G‘ofurov hushini yo‘qotayozdi. Nozimning qat’iyati uning g‘azabini battar qo‘zg‘adi. Oshxona pichog‘ini olib chiqib Nozimning bo‘g‘ziga tirab, hatto o‘ldirib yuborish bilan qo‘rqitdi. O‘lib ketsa ishlar bir yilga qolmay bosti-bosti bo‘lib ketishini mag‘rurlik bilan ta’kidlar chog‘i Rustamning qo‘lidagi sovuq qurol Nozimning bo‘ynini tilib yubordi.

    Nozim yengilishga majbur bo‘ldi. Zotan, uning ro‘parasida har qanday yovuzlikka tayyor jinoiy guruh shay bo‘lib turardi. Yosh umriga bir zumda hukm o‘qilishidan cho‘chib, ularning talablarini bajarishdan qaytmadi. Dala hovlidan qaytarkan Nozim kasalxonaga borgach, yiqilib shu ahvolga tushganini aytishi zarur edi. Rustamning bu tayinlov gapi jinoiy ish ochilmasligi uchun edi.

    Sud-tibbiy ekspertizasining 2017-yil 18-dekabrdagi xulosasiga ko‘ra, N.G‘ofurovda o‘sha kungi olishuvlardan keyin bosh ensa sohasida lat yegan yara, chap va o‘ng chakka sohalaridagi yumshoq to‘qimalarning lat yeyishi, ikki quloq supralari va ortidagi qontalash va yana shu kabi bir qator shikastlanishlar vujudga kelgan edi. Sudlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalari, ashyoviy dalillar, shuningdek, kuzatuv kamerasidagi tasvirlar tufayli oldindan til biriktirgan jinoiy guruh qilmishlari o‘z isbotini topdi.

    Sudlanuvchilar kelishilgan holda odam o‘g‘irlash, jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini mensimagan holda urish-do‘pposlash jinoyatlarini qasddan sodir etgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi Rustam Yusupovni 6 yilu 6 oy muddatga, Doston Azimov hamda Mansur Mo‘minovni 5 yilu 6 oy muddatga, Farhod Millaboyevni 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.

    17.07.2018, 22:32   Izoh (0)   55598
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda pora bilan qo‘lga tushgan “Vatanparvar” tashkiloti rahbarlaridan biriga hukm chiqarildi

    17.07.2018, 21:44

    O‘zbekistonning yangi elchisi Fransiyaga jo‘nab ketdi

    17.07.2018, 20:43

    O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari o‘rtasida hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi (foto+video)

    17.07.2018, 19:44

    O‘zbekiston va Qatar to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yishni muhokama qilmoqda

    17.07.2018, 19:33

    Rossiyada savdo hajmining tushishi munosabati bilan “UAZ” O‘zbekistonga 1000 ta avtomobil yetkazib beradi

    17.07.2018, 19:05

    Toshkent metrosida bepul Wi-fi joriy etiladi

    17.07.2018, 18:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.