Toshkent shahar hokimligida loyihalarning shahar hokimi vazifasini bajararuvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev uchun namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hokimlik qoshidagi Jamoatchilik kengashi ma’lum qildi.
Toshkentning 11 tumanidan kelib tushgan 100 dan ortiq biznes va invest loyihalar, jumladan, Jamoatchilik kengashining ekspert baholashidan o‘tgan loyihalar ham ko‘rib chiqildi.
Hokim biznes vakillariga doimiy ravishda uchrashib turishni, istirohat bog‘larini o‘zlashtirishni, davlat-hususiy ishbilarmonligini rivojlantirishni taklif etdi.
Jahongir Ortiqxo‘jayev bir nechta master-loyihalar, jumladan Farg‘ona Yo‘li loyihasini sanab o‘tdi va xaotik harakat qilmasdan konsepsiya doirasida ishlashni taklif etdi.
Taqdim etilgan loyihalarning deyarli barchasi: Best Western mehmonxonalari tarmog‘ini qurish, metroda bepul Wi-fi joriy etish, sayilgoh ko‘chasini tashkil etish va hokazo loyihalar tasdiqlandi.
Izoh (0)