• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sog‘liqni saqlash vazirligi diqqatiga! Nomiga ishlayotgan shifoxona kimga va nimaga kerak?

    “O‘zbekiston ovozi” muxbirlari Toshtemir Xudoyqulov va Noila Marupova Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi tibbiy muassasalarda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Quyida muxbirlarning tuman shifoxonlaridagi mavjud kamchiliklar haqidagi maqolasi e’tiboringizga havola etiladi.

     

    Foto: “O‘zbekiston ovozi”

    Foto: “O‘zbekiston ovozi”

    Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan xizmatlar sifatini oshirish, arzon va sifatli dori-darmon, tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, xususiy tibbiy amaliyotni rivojlantirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu sohani rivojlantirishga, uni tubdan isloh qilishga qaratilgan Prezidentimizning 4 farmoni, 24 qarori va 9 farmoyishi, Vazirlar Mahkamasining 37 qarori hamda 32 ta farmoyishi qabul qilingan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarini saqlab turish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 2018-yilda davlat budjetidan 9,6 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, 2017-yilga nisbatan bu raqam 1,4 barobarga ko‘pdir.

    To‘g‘risi, bunday e’tibor ko‘ngilni ko‘taradi, tibbiyotimizning kelajagiga ishonch paydo qiladi. Ammo davlat tomonidan shuncha e’tibor bo‘layotganiga qaramay, joylarda dilni xira qiladigan holatlar uchramoqda.

    Toshkent shahridan bir qadam narida joylashgan Toshkent tumanida bugungi kunda 206 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Shuncha aholisi bor tumanda bitta “Qizg‘aldoq” QFY shifokorlar ko‘chasi, 1-uyda joylashgan shifoxona mavjud. Shifoxona o‘rni aholi soniga nisbatan juda kam, buning ustiga yetib borish noqulay hududda joylashgan. Fuqarolar bu haqda e’tiroz bildirib, tahririyatga og‘zaki murojaat qilishgandi.

    Haqiqiy holatni o‘rganishga harakat qildik.

    E’tirozlarda jon bor ekan, shifoxona tumanning chekka, ya’ni aholi yetib borishi noqulay bo‘lgan hududda joylashgan. Muassasada shoshilinch tibbiy yordam, jonlantirish, davolash, nevrologiya, travmatologiya, bolalar bo‘limlari mavjud bo‘lsa-da, ularda bemorlar uchun nafaqat joy masalasi, balki mebel jihozlari, tibbiy asbob-uskunalar yetishmas ekan. Buning ustiga uch qavatli tibbiyot maskanidagi lift umuman ishlamaydi. Ahvoli og‘irroq bemorlar uchun yuqori qavatga ko‘tarilish oson emas, albatta.

    Shoshilinch tibbiy yordam bo‘limini ko‘zdan kechirganimizda bemorlar uchun eng zarur bo‘lgan kislorod yetkazib berish uskunasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

    Ushbu holatni izohlash uchun jonlantirish bo‘limi mudiri Rufat Nasimovga murojaat qildik.

    — Shifoxonamizda sharoitimiz yo‘q deb, bemorlarning hayotini xavf ostiga qo‘ya olmaymiz, — deydi u. — Qo‘ldan kelgancha, bor imkoniyatdan foydalanishga harakat qilyapmiz. To‘g‘ri, hozir bo‘lim shifokorlari kislorod tarmog‘ini tashqaridan shlang orqali kirgizib, buyruq bilan o‘chirib yoqishadi. Bu ahvol xavfsizlikka javob bermasa-da, shunday ishlashga majburmiz. Aslida, qonun-qoidaga muvofiq, bo‘limimizning har bir xonasida kislorod tarmog‘i bo‘lishi lozim. Tan olish kerak, operatsiya vaqtida ishlatiladigan tibbiyot anjomlari ham yetishmaydi (bor-yo‘g‘i ikkita jamlanma). Uni ham shifokorlarning o‘zlari uyoq-buyoqdan surishtirib topishgan. Ochig‘i, bir vaqtning o‘zida 4—5 nafar operatsiya qilinishi lozim bo‘lgan bemor kelib qolsa, anjomlarimiz yetishmaganligi sababli ular kutib qolishga majbur bo‘lmoqda.

    Suhbatimizga jonlantirish bo‘limi katta hamshirasi Shoira Odilova qo‘shildi:

    — Jonlantirish xonasi 6 bemorga mo‘ljallangan, lekin bu yerda bemor ahvolini ko‘rsatib turuvchi bor-yo‘g‘i bitta uskuna bor. U aslida har bir bemor uchun bitta bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, funksional krovatlar yetishmasligidan katalkalardan foydalanilyapti. IVL (o‘pkaga sun’iy nafas beruvchi) uskunasi ham bir dona bo‘lib, unga muhtoj ikkinchi bemor kelib qolsa, katta muammoga aylanmoqda. Pulsaksmetr, kislorod konsentrator uskunamiz esa umuman mavjud emas. Og‘ir bemorlar kuniga 10—12 tagacha keladi, ammo ularga qarash uchun mutaxassislarimiz yetishmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, bo‘limimizda aslida bo‘lishi lozim bo‘lgan tibbiy asbob-uskuna hamda jihozlarning ko‘pchiligi mavjud emas.

    Boshqa bo‘limlarni ko‘zdan kechirganimizda ham xuddi shunday muammolarga duch keldik. Shu boisdan bemorlar uzoq muddat navbat kutib qolmoqda. Hatto eng zarur tibbiy uskunalardan bolalar bo‘limida kislorod yetkazib beruvchi uskuna, nevrologiya bo‘limida esa exoensefalograf va elektroensefalograf mavjud emas ekan. Shifoxonadagi rentgen apparatining ishlatilayotganiga oz emas, ko‘p emas 39 yil bo‘libdi... Yozning jazirama kunlarida muassasa xonalaridagi issiqqa chidab bo‘lmaydi, palatalarda sovutgich yo‘q.

    Bemor shifoxonaga davo izlab kelsa-yu u yerda oddiy tibbiy asbob-uskunalar yetishmasa, u dardini kimga aytadi? Shu kabi xavotirli o‘ylar bilan shifoxonadan chiqib ketdik.

    Savollarimizga javob olish maqsadida Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Hikmat Isamuhammedov qabuliga bordik. U bizga quyidagilarni gapirib berdi:

    — Shifoxonadagi tibbiy asbob-uskunalar yetishmasligi muammosini bartaraf etish borasida vazirlik bilan birgalikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, — deydi u. — To‘g‘risini aytishim kerak, bu joyga rahbar bo‘lib kelganimga olti oycha bo‘lib qoldi. Kelgan kunimdan boshlab shifoxonani tibbiy jihozlar va malakali shifokorlar bilan ta’minlash yo‘llarini izlayapmiz. Toshkent tumani Zangiota tumanidan ajralib chiqib, qayta tashkil etilgani sabab tuman

    shifoxonasi davlat komissiyasi tomonidan o‘rganildi va aholi qatnoviga qulay, barcha kommunal tarmoqlar mavjud hududga ko‘chirilishi rejalashtirildi. Buning uchun tuman markazida joylashgan maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji binosi ajratiladigan bo‘ldi. Davlat komissiyasining tavsiyasiga asosan belgilangan hududda kompleks shifoxona qurilishining birinchi bosqich ishlari boshlab yuborilgan. Shifoxona qurilishi uchun barcha hujjatlarimiz tayyor. Lekin yaqinda, 10—15 kun avval yuqoridan kollej binolari o‘z joyida qolsin, degan buyruq kelgan, deb eshitdik. Kollej ma’muriyati shu ma’lumotga tayanib, shifoxona ko‘chadigan manzil aniq ko‘rsatilmagan, deya to‘sqinlik qilmoqda. Haqiqatan ham Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida shifoxona qurilishi kerak bo‘lgan ko‘cha nomi ko‘rsatilsa-da, uy raqami aniq belgilab berilmagan. Shu noaniqlik masalani bir tomonga yechishga to‘sqinlik qilyapti.

    Vazirlar Mahkamasiga tuman aholisi ehtiyoji uchun yagona bo‘lgan shifoxona qurilishi bo‘yicha taklifimizni kiritdik. Ammo bu muammo qanday hal etilishi noma’lumligicha qolmoqda.

    Agar tuman markazidagi kollej binosi o‘rnida shifoxona kompleksi tashkil etilsa, tez tibbiy yordam, poliklinika, tumanda mavjud bo‘lmagan yuqumli kasalliklar shifoxonasi bir manzilga joylashtirilib, aholi va mutaxassislarimiz qatnovi uchun ham qulay bo‘lar edi.

    — Yangi shifoxona 3 yil ichida tashkil etilishi mo‘ljallangan dedingiz, ungacha bemorlar ahvoli nima kechadi?

    — Biz “Salomatlik-3” dasturiga kirdik. Ammo tibbiy asbob-uskunalar hanuz yetkazib berilmayapti. Yuqori tashkilotlarga murojaat qilganimizda avval yangi shifoxona qurilishi bitsin, deyishdi va bu muammoligicha qolmoqda. Biz hozircha qo‘limizdan kelgancha birinchi yordamni berib turibmiz. Lekin og‘ir ahvoldagi bemorlar kelib qolsa, ularni shahar tibbiyot markazlariga yuborishga to‘g‘ri kelmoqda...

    Biz Toshkent tumani shifoxonasida ko‘zimiz bilan ko‘rganimizni va qiyin sharoitda ishlayotgan shifokorlar fikrlarini qog‘ozga tushirdik, xolos. To‘g‘ri, muammo bor, uning yechimini topish kerak. Yechim qachon topiladi? Mutasaddilar bemorlarga achinsa, o‘zlarini ularning o‘rniga qo‘yib ko‘rishsa, tezroq harakat qilishadi, imkoniyat topishadi...

    12.07.2018, 16:36   Izoh (0)   25374
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Akasini himoya qilishga uringan samarqandlik yigit qotillikka qo‘l urdi

    12.07.2018, 16:02

    DXX Farg‘onada 7800 dollar evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgan deputatni qo‘lga oldi (video)

    12.07.2018, 15:34

    “O‘zbektelekom” va “Qozoqtelekom” SmartCity loyihalarini birgalikda amalga oshiradi

    12.07.2018, 15:00

    Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev o‘z lavozimidan ozod etilganligi tasdiqlandi

    12.07.2018, 14:50

    Yunusobod tumanidagi Cristal supermarketida yong‘in chiqdi (foto)

    12.07.2018, 14:26

    Ellikqal’adagi YTH 5 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

    12.07.2018, 14:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada 9 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan “Twitter qotili” qatl etildi

    Dunyo | 28 iyun, 13:30

    G‘azo hokimiyati: Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

    Dunyo | 28 iyun, 13:10

    Odamlar bilan doimiy muloqot qilishni talab etadigan ish sog‘liq uchun xavfli ekanligi aniqlandi

    Layfstayl | 28 iyun, 12:50

    Xagi-vagi ortidan. “Lalabubu o‘yinchoqlari bolalar psixikasiga zarar yetkazadi” — psixolog

    Farzand | 28 iyun, 12:25

    Andijonda jihodchilarning yashirin jamoati faoliyatiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 12:04

    27 ta to‘y libosi, 90 ta shaxsiy samolyot va mehmonlar orasida jahon yulduzlari: milliarder Jeff Bezosning Venetsiyadagi to‘yi haqida eng muhim tafsilotlar

    Layfstayl | 28 iyun, 11:40

    Muzli vanna, meditatsiya va Ayurveda: mashhurlar tongni qanday boshlaydi?

    Shou-biznes | 28 iyun, 11:35

    Toshkent viloyatida hokimiyat yerini 200 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.