Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida 11-iyul kuni Beruniy tumanida yashagan Sh.B. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani Bo‘ston—Beruniy—Cholish—Urganch yo‘lining 3-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Beruniy shahrida yashagan O.S. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar beradi.
Natijada Nexia va Cobalt avtomashinasining haydovchilari jarohat olib voqea joyida, yo‘lovchilari I.Z., M.M. va Z.J.lar esa kasalxonada vafot etganlar. Shuningdek, Nexia avtomashinasining yana 1 nafar yo‘lovchisi N.V. kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)