“Qozoqtelekom” AJ boshqaruvi raisi Quvanishbek Yesekeyev boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi. Bu haqda “O‘zbektelekom” AK matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mehmonlar Farhod Roziyev rahbarligidagi “O‘zbektelekom” AK rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.
Tomonlar infokommunikatsiya bozoridagi ikki asosiy o‘yinchini umumiy muvofiqlashtirish maqsadida infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha rejalari bilan almashdi.
“O‘zbektelekom” Markaziy Osiyo, Yevropa va Xitoy o‘rtasida xalqaro tranzitni rivojlantirish uchun “Qozoqtelekom”ni strategik hamkor sifatida ko‘rmoqda.
Uchrashuv doirasida tomonlar SmartCity loyihalarini amalga oshirish, IOT (buyumlar interneti) bazasi asosida mahsulotlarni birgalikda rivojlantirish kabi yangi biznes sohalarda hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi.
Izoh (0)