Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi O.Y. 9-iyul kuni Amir Temur ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘koni oldida tanishi R.M. bilan o‘zaro janjallashadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Ular bir-biri bilan mushtlashayotganida shu yerda bo‘lgan O.Y.ning ukasi U.N. fuqaro R.M.ning tanasini turli joylariga pichoq bilan urib, jarohat yetkazdi.
Hodisa oqibatida R.M. kasalxonaga olib ketilayotganida hayotdan ko‘z yumdi. Aka-uka qo‘lga olindi.
Izoh (0)