• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yana 2 deputati kontrakt narxining oshishiga munosabat bildirdi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari Abdurashid Abduqodirov hamda Rasul Kusherboyev Oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lov miqdorining oshirilganiga o‘z munosabatini bildirdi. Deputatlarning mulohazalari Rasul Kusherboyevning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi.

    Foto: Facebook / Rasul Kusherbayev

    Foto: Facebook / Rasul Kusherbayev
    Yillar davomida har yili oshirilib kelinayotgan Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun kontrakt to‘lov miqdori 2017—2018-o‘quv yilida oshirilmaganligi barcha to‘lov kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar va ularning ota-onalari uchun katta yordam bo‘lgan edi. Biroq, har yili ish haqi va stipendiyalarning ortib borishinini inobatga olganda, bunday holatning har yili davom etmasligi kunday ravshan edi.Chunki, daromadlarning o‘zgarmagani holda harajatlarning doimiy ravishda ortib borishi bozor iqtisodiyoti sharoitida uzoq davom etmaydi. Umuman, aytganda to‘lov-kontrakt miqdorlarining hozir e’lon qilinganidan ham ko‘ra ancha yuqori foizlarga ortirilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni ilgariroq eshitgandik. Shuning uchun, o‘quvchilar judayam qizg‘in kutib olgan, internet saytlari hamda gazetalarda e’lon qilingan to‘lov kontrakt miqdorlarini kamaytirish haqidagi takliflar yuqori tashkilotlarga yuborilgan edi. Biroq, ming afsuski, ushbu takliflarga tegishli mutasaddilar tomonidan hozirgacha hech qanday munosabat yoki javob berilgani yo‘q.Mazkur taklif harajatlarni kamaytirish, talabaning qo‘lga kiritilgan balliga qarab tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda tayinlangan stipendiya miqdori hisobidan chegirma belgilash orqali to‘lov-kontrakt miqdorlarining kamaytirish va to‘lashda qulaylik yaratishdan iborat edi.Bildirilayotgan bu taklif to‘lov kontrakt miqdorining hozirgi oshirilgan sharoitida ham talaba va ularning ota-onalari uchun anchagina qulayliklar yaratar edi.Takliflarni asoslashga o‘tsak.Ma’lumki, 2018—2019-o‘quv yilida Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 69 200 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 17 654 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 51 546 nafarni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, 17 654 nafar talaba davlat budjeti asosida ta’lim oladigan bo‘lsa, ulardan atigi bir necha ball kamroq ball olgan talabalar esa, to‘rt yil davomida kontrakt to‘lashi shart. Ustiga ustak, to‘lov-kontrakt miqdorining har yili oshirilib borilishini ham unutmaslik kerak. Bundan tashqari, talaba yoki uning ota-onasi tomonidan 6 oy oldin to‘langan to‘lov-kontrakt miqdori hisobidan har oy, jumladan, ta’til oylariga ham stipendiya to‘lanib kelinmoqda.Agar ilgari surilayotgan taklif inobatga olinib, amaliyotga joriy etilsa nima o‘zgaradi? Buni baklavrlar misolida tushuntiramiz.Birinchidan, hozirgi holatda jami 69 200 nafar bakalavrdan 17 654 nafari to‘liq davlat budjeti, qolgan 51 546 nafari esa, to‘liq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi va davlatga 51 546 shartli birlikdagi to‘lov-kontrakt miqdoridagi mablag‘ kelib tushadi. Taklifga ko‘ra esa, jami 69 200 nafar bakalavrlarning eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan birinchi 12 foizi yoki 8304 nafari to‘liq davlat budjeti asosida, keyingi 12 foizi yoki yana 8304 nafari 45 foizli to‘lov kontrakt asosida, keyingi 12 foizi yoki yana 8304 nafari 60 foizli to‘lov kontrakt asosida, keyingi 12 foizi yoki yana 8304 nafari 85 foizli to‘lov kontrakt asosida, qolgan 52 foiz yoki 35 984 nafari esa to‘liq (100 foizli) to‘lov konrakt asosida ta’lim oladi. Natijada o‘n mingga yaqin talabaga kontrakt to‘lovini to‘lashda ikki barobargacha yengillik yaratiladi, qo‘lga kiritilgan ballga nisbatan rag‘batlantirish kuchayadi va nihoyat moliyachilar uchun eng muhim bo‘lgani, amaldagidan 215 shartli birlikga (taxminan 1,8 milliard so‘mga) ko‘proq, ya’ni jami 51761,6 shartli birlikdagi to‘lov-kontrakt miqdoridagi mablag‘ kelib tushadi. Shu orqali ortiqcha tushgan mablag‘ evaziga ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga yordam tashkil etish ham mumkin bo‘ladi.Ikkinchidan, amaldagi tartibga ko‘ra 6 oy avval to‘langan to‘lov kontrakt hisobidan talabaga stipendiya to‘lab kelinadi. Bunda, agar to‘lov kontrakt miqdori to‘liq to‘lanmagan bo‘lsa, talabaga bir necha oylar davomida ham stipendiya to‘lanmay turiladi. Bunday tartibning mavjudligi, stipendiyaning talabaga ijtimoiy himoyasi uchun berilayotganini da’vo qiluvchilarning da’vosiga mutlaqo mos kelmaydi. Shuning uchun, talabaga talaba yoki uning ota-onasi tomonidan to‘langan to‘lov-kontrakt mablag‘i hisobidan semestr yakuniga ko‘ra 12 oy davomida stipendiya to‘lab kelinayotganligidan kelib chiqib, talaba yoki uning ota-onasining hohishiga ko‘ra ta’til oylaridagi to‘liq stipendiyasi hisobidan, qolgan oylardagi stipendiyaning eng kam oylik ish haqi miqdoridan ortiqcha qismi hisobidan to‘lov-kontrakt miqdoridan chegirib tashlashni joriy etish taklif etilgan edi. Buning natijasida, talabaning o‘qish davridagi ijtimoiy himoyasi eng kam oylik ish haqi miqdori hisobidan ta’minlangani holda, bir o‘quv yili bo‘yicha 1,7 million so‘mdan 5,3 million so‘mgacha kamroq to‘lashi mumkin bo‘ladi. Bunda davlat budjetiga hech qanday zarar keltirilmaydi. Yana ham soddaroq aytganda, talaba bermaydi ham olmaydi ham.Ana endi aytingchi, yuqoridagi taklifning davlat budjetiga qanday zarari bor? Aksincha, davlat budjetiga 1,8 milliard so‘mga yaqin ko‘proq mablag‘ tushadi-ku.Shuni ham e’tirof etish adolatdan bo‘lar ediki, ba’zilar tomonidan Germaniya, Yaponiya kabi davlatlardagi tartib bilan mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalaridagi kontrakt to‘lov miqdorlarini solishtirish orqali bir tomonlama munosabat bildirish holatlari uchramoqda. Germaniyada oliy ta’lim olish bepul yoki Yaponiyadagi to‘lov – kontrakt miqdorining o‘rtacha oylik ish haqi miqdoriga yaqin bo‘lgani bilan, ulardagi talabalarga stipendiya deyarli to‘lanmaydi. Bir o‘quv yili davomida mamlakatimizdagi bir nafar talabaga u to‘lagan to‘lov kontrakt miqdoridan 3,5—7 million so‘mgachasi yana o‘ziga stipendiya sifatida to‘lanayotganligini inobatga olish zarur. Agar bizda ham, hech bir talabaga stipendiya umuman to‘lanmaydigan bo‘lsa, to‘lov-kontrakt miqdori 1,5—2 million so‘mdan ortmagan bo‘lar edi hamda bu miqdor bizdagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan ham katta farq qilmas edi. Yana shuni ham inobatga olish kerakki, har yili to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlarning 90—95 foizi o‘qishni davom ettiradi hamda bir o‘quv yili davomida 0,5 foiz gacha talabalar to‘lov-kontrakt mablag‘ini to‘lay olmaganligi uchun talabalar safidan chetlashtiriladi. Albatta bunda, minglab yoshlarning taqdiri turganligini ham unutmaslik zarur.Xulosa o‘rnida, belgilangan xarajatlarga nisbatan daromadlarning mutanosibligini saqlash zaruriyatidan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt miqdorlaring oshirilib borilishini tushunish mumkin. Biroq, amaldagi tartiblarning o‘rniga adolat prinsiplariga, talabalarning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan hamda ota-onalar uchun qulayliklar yaratadigan yangicha tartiblarni joriy etish bo‘yicha yuborilgan asoslantirilgan takliflar yuzasidan hech bir mutasaddilar tomonidan hech qanday munosabat bildirilmayotganligini qanday tushunish mumkin?

    Abdurashid Abduqodirov, Rasul Kusherboyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari

    Mavzuga doir: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati OTMlarda kontrakt narxining ko‘tarilishini qoraladi

    12.07.2018, 11:14   Izoh (0)   63841
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qo‘qonda “O‘zbekiston—Koreya do‘stlik bog‘i” quriladi

    12.07.2018, 10:44

    Farg‘onada 21 kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

    12.07.2018, 10:29

    Hokimlik: Mo‘ynoq butunlay ichimlik suvi ta’minotisiz qolgani haqidagi xabarlar asossiz

    12.07.2018, 09:58

    O‘zbekiston moliya vazirining sobiq o‘rinbosari vafot etdi

    12.07.2018, 09:04

    Ilhom Ne’matov: Islom Abdug‘aniyevich so‘z berdimi, albatta ustidan chiqadi — buni barcha yaxshi bilardi

    12.07.2018, 08:24

    Toshkentda Malibu sotishini bildirgan jinoyatchi xaridorni o‘ldirishga urindi

    11.07.2018, 23:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08

    Oliygoh bitiruvchisini ishga olgan korxonaga imtiyozli kredit berilishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:05

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48

    Endi oliygohlar davlatdan to‘plangan ballariga qarab pul oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:41

    Birgina reklama puliga poytaxtdan kvartira: mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan qancha daromad oladi?

    Layfstayl | 8 avgust, 16:30

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:16

    Oltinga burkangan qasr: Tramp Oq uyga qanday o‘zgartirishlar kiritdi? (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 16:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.