Suriyada IShID yetakchisi Abu Bakr al Bag‘dodiyning Huzayfa al Badriy ismli o‘g‘li o‘ldirildi. Bu haqda terrorchilar faoliyatini monitoring qilish bilan shug‘ullanadigan Directorate 4 Telegram-kanali xabar bermoqda.
Kanal mualliflari IShID targ‘ibotchilari tarqatgan xabarga e‘tibor qaratdi, unda yigit Xoms viloyatida ingimasi deb ataluvchi guruh tarkibida issiqlik elektr markazlaridan biridagi Suriya va Rossiya kuchlari marralariga hujum chog‘ida halok bo‘lgani aytiladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)