Toshkent viloyati Zangiota tumani Chig‘atoy-Oqtepa qishlog‘idagi qishloq shifokorlik punkti 40 kun ichida mukammal ta’mirlanib, ishga tushirildi. Bu haqda muassasa tomonidan “Daryo”ga ma’lum qilindi.
Qishloq shifokorlik punktida olti nafar shifokor, 18 nafar o‘rta va uch nafar kichik tibbiy xodimning 10826 nafar qishloq aholisiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Muassasani ta’mirlash uchun Zangiota tumani hokimiyatining 304 million so‘m hamda homiylarning 30 million so‘mdan ortiq mablag‘i jalb qilindi. Hokimlik mutasaddilari va qishloq faollarining sa’y-harakatlari bilan 55 kunga tuzilgan shartnoma muddatidan 15 kun oldin to‘liq bajarildi.
Izoh (0)