Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani, “Mehrobod” mahallasida yashovchi O‘roqbobo Pardayev O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefonii”ga Sherobod tuman elektr energiya ta’minoti korxonasi asossiz hisoblagan 1 000 000 so‘m qarzdan norozi bo‘lib murojaat qildi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur murojaat Sherobod tuman jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. Jamiyat xodimlari tuman elektr korxonasi vakillari bilan fuqaroning to‘lovlari qayta hisob-kitob qilindi. Natijada iste’molchining 1 000 000 so‘m to‘lov puli abonent hisob raqamiga tushmaganligi aniqlandi.
Fuqaroga to‘lov pullari tushirib berildi va qarzdorlik asossiz ekanligi oydinlashdi.
Izoh (0)