Isroil va qandaydir “qo‘shni davlat” Eronga qarshi iqlim urushini boshlagan. Bu haqda Eron fuqaro mudofaasi boshqarmasi boshlig‘i G‘ulomrizo Jaloliy ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Matbuot anjumani chog‘ida rahbar tomonidan ma’lum qilinishicha, eronlik olimlarning ma’lumotlari mamlakatdagi iqlim tashqi aralashuv sababli o‘zgarganini ko‘rsatgan.
2200 metr balandlikda qorlarning erishini Jaloliy “dushman kirdikorlari” va bulutlarning o‘g‘irlanishi oqibati deb atagan.
G‘ulomrizo Jaloliyning ma’lum qilishicha, Isroil qo‘shni davlatlardan biri bilan Eronga kiruvchi bulutlarni “urug‘siz” qilib qo‘ymoqda, bundan tashqari, bulut va qorning o‘g‘irlanish holatlariga duch kelingan.
Izoh (0)