Isroil armiyasi har oyda harbiy xizmatchilarning shaxsiy telefonlariga shartli zararli dasturlar yuborish va ularni internetda noma’lum kishi bilan muloqotga chorlash orqali mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar berilishicha, “ijtimoiy emlash”shaxsiy tarkib orasida kibertahdidlardan yuqori darajada xabardorlikni ta‘minlash va xakerlik hujumini o‘z vaqtida bartaraf qilish imkonini beradi.
Qayd etilishicha, bunday mashg‘ulotlar har oyda o‘tkaziladi. Harbiy xizmatchilarning faqat besh foizi notanish kishi bilan muloqotga kirishadi, ikki foizi esa notanish kishi tomonidan tavsiya qilingan dasturni yuklab olishga rozi bo‘ladi.
Agar bu holat yuz bersa, telefonga “Hozir bu biz edik, biroq ertaga dushman bo‘lishi mumkin. O‘z qismingdagi axborot xavfsizligi bo‘yicha mas’ulga borib, ma’lumot ber”, — degan xabar keladi.
Yuqori darajadagi hushyorlik yaqinda falastinlik xakerlar tomonidan harbiy xizmatchilarning telefonlariga ko‘ngilochar dasturlar ko‘rinishidagi josuslik dasturlari bilan uyushtirilgan hujumni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etishga imkon bergan, deyiladi xabarda.
Izoh (0)