Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 2-iyul kuni 2 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Yakkabog‘ tumanida yashovchi Sh.N. “Kamaz-55102” rusumli yuk mashinasini shahar hududidan o‘tuvchi “Termiz—Toshkent” yo‘lining 1173-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Qamashi tumanida yashagan S.F. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etdi.
Hodisa oqibatida Nexia haydovchisi S.F. va uning yo‘lovchisi S.P. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgandi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, ular hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)