Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 1-iyul kuni ro‘y bergan oilaviy janjal fojiali yakunlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni 33 yoshli N.X. ismli ayol uyidagi mojaro oqibatida turmush o‘rtog‘i, 36 yoshli N.O‘.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazdi.
N.O‘. kasalxonaga yotqizildi, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etdi. N.X. qo‘lga olingan.
Izoh (0)