• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga ochiq xat

    O‘zAda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, yozuvchi Erkin Malikning O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga ochiq xati e’lon qilindi. Quyida ushbu xat e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

    Tashabbuslar zamoni keldi, aziz yoshlar!

    Aziz farzandlarim, hayotimiz davomchisi va xonadonlarimizning chirog‘bonlari. Men sizning bobongiz qatoriman. Bugungi dorilomon kunlarda g‘ayratim jo‘shib, sizlarga bir gaplar aytgim keldi. Bunga sabab Prezidentimizning: “Men ikkita ishchi o‘rni yaratgan tadbirkorni yelkamda ko‘tarishga tayyorman”, degan gaplari. U kishi ish o‘rni deganda, albatta, siz yoshlarning manfaatini nazarda tutdilar.

    Darhaqiqat, ish qidirib, musofirlikda yurgandan ko‘ra, o‘z yurti, ota-onasi, oilasining bag‘rida bo‘lganga nima yetsin. Bu katta ne’mat-ku. Ota-ona esa g‘animat. Yoshlar tabiatan ota-bobosi bosib o‘tgan yo‘lni inkor qilmagan holda, yangicha qarash va yangicha yashash haqida o‘ylaydi. Agarda shunday bo‘lmaganda, “ko‘ndivoy” bo‘lib yashayverganlarida biz bugungi taraqqiy etgan zamonlarga yetib kelmagan bo‘lardik. Gap sizlardagi kuchni, g‘ayratni yo‘naltirishda. Kamina keksa bir jurnalist, ijodkor sifatida ana shunday yo‘naltirishlarning guvohi, hatto ishtirokchisi ham bo‘lganman. Masalan, “Baykal – Amur magistrali qurilishi” (BAM) degan harakatni eslasam hayratga tushaman. U Rossiyaning beliga belbog‘ bo‘lib tushgan uch yarim ming kilometrlik temir yo‘l qurilishidir. Uni o‘sha davr yoshlari barpo etdi. Yoshlar o‘rtasida tashviqot shu darajada bo‘lganki, hatto o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan qizim, o‘qishga kira olmasam, yo‘llanma bilan BAMga boraman, deb hujjatlarini taxt qilib qo‘ygandi. Matbuot faqat shu haqda yozardi va bong urardi. Mana, o‘sha temir yo‘l bugunga kelib Rossiyaning asosiy qon tomiriga aylangan. Undan keyin qo‘riq yerlarni ochish boshlandi. So‘ng yoshlar noqoratuproq yerlarni o‘zlashtirishga safarbar qilindi. Rossiyaning Ivanovo viloyatida “Toshkent”, “O‘zbekiston” degan sovxozlar tashkil bo‘ldi. Quruvchi yoshlarimiz o‘sha diyorlarda qolib ketishdi ham. Bundan tashqari, o‘zimizda ham Mirzacho‘l, Surxon-Sherobod cho‘llarini o‘zlashtirish, Tuyamo‘yin suv omborini qurish, Qarshi mashina kanalini qazish harakatlari boshlandi. Ha, yoshlar hamisha oldinda boruvchi, yangilik yaratuvchi, dunyoni o‘zgartiruvchi katta kuch bo‘lib kelgan.

    Savol tug‘iladi, ayni paytda yurtimizda yoshlarni safarbar qiladigan ana shunday olamshumul ishlar yo‘qmi?

    Bor. Bo‘lganda ham bugungi til bilan aytganda “global” darajada bor. Bu Orol dengizi muammosidir. Orol dengizi nafaqat mintaqamizni, balki Yer sharini mo‘tadil ushlab turadigan noyob mo‘jiza edi. Necha ming yillar davomida Amudaryo bilan Sirdaryo shu dengizga quyilgan. Yurtimiz paxta yetishtirishga ixtisoslashgan o‘lkaga aylanib qolishi oqibatida daryolarimiz suvi bo‘g‘ilib, cho‘llarga oqizildi. Natijada, Orolga suv yetib bormay qoldi. 1960 yildan boshlab dengiz sathi ikki santimetrdan kamayib bordi. Dengiz bo‘yida bir emas, ikki yuz ellikta baliqchilik xo‘jaligi bor edi. Har bir xo‘jalik bir kunda 600-700 kilogrammdan Mo‘ynoq konserva zavodiga baliq topshirardi. Zavod kechasiyu kunduz to‘xtamay ishlardi. Dengiz bo‘yida “Artek” bolalar oromgohi qurilgan edi. Hammasi yillar o‘tishi bilan vayronaga aylanib, qum barxanlari tagida qolib ketdi. Orol cho‘lga, kemalar qabristoniga aylandi. Bugun dengiz o‘zanida uch million gektarlik qum va tuz sahrosi cho‘zilib yotibdi. Bu yer yuzi xaritasidagi Irlandiya davlatining maydoniga teng. Har yili bu sahrodan 100-150 million tonna tuzli qum osmonu falakka ko‘tariladi.

    Orol fojiasi shu yilning bahor va yoz oyi boshlarida ikki marta o‘zini namoyon qildi. Tuzli shamol natijasida Xorazm, Qoraqalpoq diyoridagi yashil olam oppoq tuz bilan qoplandi, dehqonchilikka katta zarar yetdi. Samarqandda qum va chang to‘zonidan oftob yuzi to‘silib, ko‘chalarda ko‘rish darajasi yetmish metrga pasayib ketdi. Aholi o‘rtasida qanchadan qancha kasalliklar yuzaga keldi. Orol fojiasi butun dunyo fojiasiga aylandi. Oroldan ko‘tarilgan tuz bo‘ronlari Hindiston va Xitoygacha yetib bormoqda.

    Orolni asrab qolish uchun nima qilish kerak? Keyingi yillarda istiqbolli yangi umid paydo bo‘ldi. Bu umid Orolbo‘yi odamlariga qanot bag‘ishladi. U Orolning suvdan qurigan o‘zanini o‘rmonga aylantirish orzusi. Ajabo, suv bo‘lmasa, zamin tuz va qumdan iborat bo‘lsa o‘rmon qaydan bo‘ladi, dersiz? Javobimiz tayin: qumli cho‘l o‘simligi – saksovul. Uning barglari shunchalar jimirtki, deyarli ko‘zga ko‘rinmaydi, o‘zidagi namlikni bug‘latmaydi. Ammo tananing o‘sishi uchun kerakli ozuqani havodan olib, o‘zidan shox-shabbalar chiqaradi. Shoxlari qanchalik rivoj topsa, ildizi ham shunchalik barxanlar bag‘riga kirib boradi. Bir tup saksovul ildizi 10 ming tonnagacha qumni ko‘chishdan saqlaydi. Shuning uchun ham Orol tubiga saksovul ekish ancha avj oldi. Quvonarlisi, qumda sho‘rlik darajasi yuqori bo‘lsa ham nihollar tuta boshladi.

    O‘rmon xo‘jaligi xodimi O‘rozboy Allanazarovning bergan intervyusidan ma’lum bo‘ladiki, hozirgacha yarim million gektar yer saksovulzorlarga aylanibdi. Har yili 18-20 ming gektar yerga saksovul ekilar, ko‘chatlarning qator orasi o‘n metr bo‘lib, har ikkita ko‘chatdan bittasi tutib ketsa ham kifoya ekan. Chunki saksovul gullab, urug‘ tugib, yon atrofiga sochib, o‘zidan ko‘payib boraveradi. Lekin ekish ishlari juda sust, sababi kuch yo‘q.

    – Ko‘chatlarni izg‘irin kunlarda ham, yomg‘ir yog‘ib turganda ham ekishdan to‘xtamaymiz, – deydi O‘rozboy. – Bir qatorda ikki kishi bo‘lib ishlashadi. Biri ko‘chatga o‘ra qazib ketsa, ikkinchisi orqasidan ekib boraveradi.

    – Ilgari dengizchi xalq edik, – deydi 18 yil baliqchilik kemasida kapitan bo‘lib ishlagan 77 yoshli Olmos ota Tolvashev. – Mayli uni yo‘qotdik, qani endi o‘rmonchi ham bo‘lib ko‘raylik-chi...

    Lekin ishning hozirgi holatida uch million gektar yerni o‘rmonga aylantirish uchun 150 yil kerak bo‘lar ekan. Xo‘sh, bu muddatni siz aziz yoshlarning safarbarligi bilan bir necha o‘n yillarga qisqartish mumkinmi? Axir Orol bizniki, uning tuz va qumlari tahdid solayotgan jannatmonand yurt ham bizniki. Orol taqdiri sizning taqdiringiz. Ertaga dunyoga keladigan farzandlaringizning taqdiri. Ko‘chat ekilishini kutayotgan 2,5 million gektar yer xaritasi tuzilib yoshlarga bo‘lib berilsa, qanchadan tegishi mumkin? Xo‘jaliklarimiz qanchadan ko‘chat yetishtirib berishi mumkin?

    Agarda o‘zbekistonlik yoshlar shunday tashabbus bilan chiqsa, qo‘shni davlatlarning yoshlari ham qarab turmaydi. Bu harakatga jon, deb qo‘shiladi.

    Tasavvur qiling, uch million gektar yer saksovulzor o‘rmonlarga aylandi. Saksovul yonilg‘i sifatida ko‘mirdan keyingi o‘rinda turadi. Ko‘mirda havoni ifloslaydigan, insonlar sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan is gazi bor. Saksovul esa ekologik toza yoqilg‘i. Ko‘mir ochiq joyda tezda uqalanib ketadi. Saksovul o‘tini esa yuz yilgacha yonilg‘ilik sifatini yo‘qotmaydi. Bir suyam o‘tinga zor qanchadan qancha davlatlar bor. O‘zimizning yurtimizdagi issiqxonalar-chi? Vaqti kelib saksovulning qurigan shoxlarini vagonlab eksport qilish mumkin. Uning narxi ko‘mir, gaz va elektrdan arzon bo‘ladi. Albatta, uni yoqilg‘i uchun ekmaymiz. Muhimi, saksovul qum, tuz bo‘ronlari oyog‘iga kishan bo‘lib tushadi. Mintaqamizni va butun dunyoni Orol fojialaridan asrab qolgan bo‘lamiz.

    Ha, uyg‘oning aziz yoshlar! Yoshlar ittifoqi boshchiligida harakatga tushing. Biz keksalar ham, albatta, safingizda bo‘lamiz.

    29.06.2018, 22:21   Izoh (0)   44968
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda o‘gay o‘g‘lini o‘ldirib, hojatxona chuquriga ko‘mib yuborgan shaxs qo‘lga olindi

    29.06.2018, 21:43

    Markaziy Osiyo yoshlar forumida mintaqada robototexnika tanlovi o‘tkazish g‘oyasi muhokama qilindi

    29.06.2018, 20:56

    Samarqanddagi qishloqni loyihasiz qanday obod qilish mumkin?

    29.06.2018, 20:45

    O‘zbekistonda chiqindilar majburiy tarzda saralanadi

    29.06.2018, 20:24

    O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan salkam 17 mln so‘mlik “Neft” to‘xtatib qolindi

    29.06.2018, 20:15

    “Ozodlik” radiosi vitse-prezidenti Ichki ishlar vazirligida qabul qilindi

    29.06.2018, 19:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa Ukrainaga AQSHdan ko‘ra ko‘proq harbiy yordam berdi

    Dunyo | 12 avgust, 19:55

    Nega ko‘pchilik smartfondan ko‘ra tugmachali telefonni afzal ko‘rmoqda?

    Layfstayl | 12 avgust, 19:40

    Prezident Buxorodagi 5 mingta xonadonda arzon issiqxonalar qurish vazifasini qo‘ydi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 19:30

    Kelajakda Somon yo‘li Andromeda galaktikasi bilan to‘qnashishi mumkin — tadqiqot

    Dunyo | 12 avgust, 19:25

    “Ovoz” ogohlantirildi: loyihada Sherali Jo‘rayev qo‘shig‘i bo‘yicha mualliflik huquqi buzilgan

    O‘zbekiston | 12 avgust, 19:13

    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 12 avgust, 18:00

    Argentinada Netanyaxuni mamlakatga kelgan taqdirda hibsga olish so‘ralmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 19:10

    “Kalmar o‘yini: Amerika” serialining suratga olish ishlari dekabr oyida boshlanadi

    Kino | 12 avgust, 19:00

    “Manchester Siti” 120 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 12 avgust, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.