• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqanddagi qishloqni loyihasiz qanday obod qilish mumkin?

    “Obod qishloq” dasturi doirasida joriy yilda Samarqand viloyati tumanlaridagi 28 qishloq va Samarqand hamda Kattaqo‘rg‘on shahridagi 4 mahallada qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Samarqand tumanidagi Mehrobod va Ilonsoy qishloqlari ham joriy yilga dasturga kiritilib, ushbu aholi punktlarida yakka tartibdagi uy-joylarni ta’mirlash, elektr, ichimlik suvi tarmoqlarini tortish va qayta tiklash, kanalizatsiya qudug‘i va yo‘llarni ta’mirlash, bozor va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish belgilangan.

    Jumladan, tumanning eng chekka hududida Mehrobod qishlog‘ida 2200 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Odamlar asosan, dehqonchilik, bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi. Qishloqqa yaqin parrandachilik korxonalarida mehnat qiladigan kishilar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Umuman, qishloqda yashovchi har bir kishi halol mehnat qilib, yaxshi turmush kechirishni istaydi va shunga intiladi.

    Ammo hududdagi 410 ta oilaning 32 tasi hayot kechirayotgan to‘rt qavatli uyda zamon talabiga mos sharoit yaratib olish uchun aholining o‘z imkoniyati yetmaydi. O‘tgan asrning saksoninchi yillarda qurilgan bu uyda kanalizatsiya tarmog‘i mavjud emas. O‘z-o‘zidan ayonki, hojatxona ham yo‘q. Hatto ichimlik suvini ham aholi uy yonidagi krandan tashib keladi. Uyning tomidan chakka o‘tadi. Binoning tashqi qismi, yo‘laklar, xonadonlar ta’mirtalab.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    — Shu sababdan ham ushbu qishloqni “Obod qishloq” dasturi asosida obod qilish rejalashtirildi, — deydi Samarqand tumani hokimi o‘rinbosari Qurbon Qurbonov. — Birinchi navbatda uyning tom qismi to‘liq ta’mirlandi. Yerto‘la tozalanib, tartibga keltirildi. Har bir kirish yo‘lagiga temir eshik qo‘yildi. Binoning tashqi ko‘rinishi to‘liq ta’mirlandi. Ayni paytda qishloqdagi aholi xonadonlari, yo‘llar, kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash, yangilashga kirishganmiz.

    Dasturga ko‘ra, yil yakuniga qadar Mehrobodga 2,2 kilometr suv tarmog‘i tortilib, boshqa xonadonlar qatorida yuqoridagi ko‘p qavatli uy ham ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Hozirgacha bitta suv tarmog‘i qurilgan bo‘lsa, yana bir suv inshootini qurish ishlari olib borilmoqda. 2,5 kilometr elektr tarmoqlari yangilangan. Qishloq hududidagi 0,3 kilometr yo‘lga asfalt yotqizish, 2,1 kilometr yo‘lga qum-shag‘al aralashmasi tashlash ishlari bajarilgan. 60 dan ortiq xonadonga gaz ballonlari va ko‘mir tarqatilmoqda.

    Shuningdek, qishloqda kanalizatsiya tarmog‘i tortish ko‘zda tutilgan. Hududdagi 200 dan ortiq xonadonlarni ham ta’mirlash belgilanib, hozirda tuman hokimligi va homiylar tomonidan ishlar boshlangan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Bundan tashqari, qishloqdagi umumta’lim maktabini mukammal ta’mirlash, maktabgacha ta’lim muassasasi va qishloq vrachlik punkti binolarini rekonstruksiya qilish hamda ular uchun ichimlik suv inshooti qurish belgilangan. Ammo bu ishlarni bajarish uchun mablag‘ning to‘liq moliyalashtirilmaganligi tufayli belgilangan ishlarning yarmi ham amalga oshirilmagan. Chunki, bizga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda yuqoridagi obyektlar uchun sarflanadigan xarajatlarning 15 foizi moliyalashtirilgan. Bajarilgan qurilish-montaj ishlari esa 10 foizni tashkil etadi.

    Eng ajablanarli holat, dastur asosida obod etilishi kerak bo‘lgan Mehrobodning zamonaviy loyihasi tegishli loyiha instituti tomonidan haligacha tayyorlab berilmagan. Axir, loyihasiz qanday qilib qishloqni obod qilish mumkin?

    Bir so‘z bilan aytganda, qishloqda shu paytgacha bajarilgan ishlardan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yumushlar ko‘proq. Vaqt esa o‘tib bormoqda. Hademay yoz o‘tib kuz kelgach, yog‘in-sochin kunlar boshlanishi bilan qurilish ishlarini olib borish ham qiyin bo‘ladi.

    29.06.2018, 20:45   Izoh (0)   17847
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda chiqindilar majburiy tarzda saralanadi

    29.06.2018, 20:24

    O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan salkam 17 mln so‘mlik “Neft” to‘xtatib qolindi

    29.06.2018, 20:15

    “Ozodlik” radiosi vitse-prezidenti Ichki ishlar vazirligida qabul qilindi

    29.06.2018, 19:26

    Fotogalereya: Qarshida bunyod etilayotgan “Vatanparvar” harbiy bog‘i

    29.06.2018, 17:57

    Fototanqid: Buxorodagi Husayni madrasasi kundan kunga nurab bormoqda

    29.06.2018, 17:43

    Senatorlar bosh vazir Abdulla Aripovga parlament so‘rovi yubordi

    29.06.2018, 16:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.