O‘zbekistonda chiqindilar majburiy tarzda saralanadi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan taklif qilinayotgan hukumat qarori loyihasida shu ko‘zda tutilmoqda.
Qaror loyihasiga ko‘ra, axlat jamlash punktlarida uch xil rangdagi konteynerlar bo‘ladi:
Ko‘k rang — qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar uchun;
Yashil rang — qayta ishlanmaydigan maishiy chiqindilar uchun;
To‘q sariq — xavfli maishiy chiqindilar uchun.
Qattiq chiqindilarni to‘liq saralash uchun plastmassa, shisha, qog‘oz va oziq-ovqat chiqindilariga alohida rangli konteyterlar o‘rnatilishi ham mumkin.
Shunday yo‘l bilan saralangan chiqindilar ixtisoslashgan korxonalarga qayta ishlash uchun yuboriladi. Chiqindi poligonlariga esa faqat qayta ishlanmaydigan chiqindilar jo‘natiladi.
Izoh (0)