Surxondaryoda o‘gay o‘g‘lini o‘ldirib, hojatxona chuquriga ko‘mib yuborgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Sputnik.
Xabarda aytilishicha, hodisa 2007-yilning oktabr oyida yuz bergan.
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yashovchi Q.Sh. uyida birga yashagan 4 yoshli o‘gay o‘g‘li Y.M.ning boshiga qo‘li bilan urgan. Natijada bola yerga yiqilib hushidan ketib, vafot etgan.
Shundan so‘ng Q.Sh. bola jasadini uyi oldidagi hojatxona uchun kavlangan chuqurga ko‘mib tashlagan.
“Ko‘rilgan choralar natijasida Q.Sh. ushlanib voqea joyi bo‘lgan hovlisidan suyak qoldiqlari va qora rangli mato bo‘laklari topib olingan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)