O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov “Ozodlik” radiosi vitse-prezidenti va bosh muharriri Nenad Pejich bilan uchrashdi.
Uchrashuvda hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Matbuot erkinligi O‘zbekiston Prezidenti siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekanligi, mamlakatda oshkoralik muhiti, materiallardagi xolis tahlil va tanqid qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
— O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni olg‘a boshlayotganini ko‘rib turibmiz. Bu chuqur hurmatga sazovor, — deya qayd etib o‘tdi Nenad Pejich.
Izoh (0)