Ryugyu asteroidining 40 kilometr uzoqlikdan olingan yangi suratlari uning g‘alati aylanishini, ko‘p sonli gravitatsion anomaliyalarni va uning ekvatorida noodatiy tog‘lar mavjudligini ko‘rsatdi. Bu holatlar “Xayabusa-2” zondining uning yuzasiga qo‘nishini murakkablashtiradi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Maqsadi Ryugyu asteroidini o‘rganish va uning yuzasidan namunalar yig‘ish bo‘lgan “Xayabusa-2” zondi 2014-yilning dekabr oyida uchirilgan. U yerga Quyosh tizimining dastlabki birlamchi materiyasining “toza” namunalarini qaytaradi.
Yapon apparati manzilga iyun oyining oxirida yetib bordi va uzoq tormozlash hamda asteroidga yaqinlashish jarayonini boshladi. Asteroid shakli zond yaqinlashgani va suratlar sifatining oshgani sari bir necha marta “o‘zgardi”.
Izoh (0)