Farg‘onada xotin-qizlar o‘rtasida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil qilgan musobaqa o‘tkazildi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Xalqaro musobaqaning bosh sovrini turnirda uchinchi raqam ostida harakat qilgan o‘zbekistonlik tennischi Nigina Abduraimovaga nasib qildi. Nigina musobaqa davomida Nasiba Espolova (O‘zbekiston), Sadafmoh Tolibova (Belarus), Nastiya Kolar (Slovakiya), Varvara Flink (Rossiya) kabi tennischilarni mag‘lub etdi. Hal qiluvchi final bahsida esa rossiyalik Anastasiya Frolovadan ustun kelgan holda turnir g‘olibasiga aylandi. Ushbu muvaffaqiyat sabab Nigina Abduraimova 50 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi.
Bu vaqt ichida Farg‘onada erkaklar o‘rtasida “Chellenjer” turniri ham bo‘lib o‘tdi. Bu musobaqada esa o‘zbekistonlik tennischilar dastlabki davralardayoq o‘z ishtiroklarini yakunladi. Turnir g‘olibligi uchun finalda serbiyalik Nikola Miloyevich va ispaniyalik Enrike Lopes Peres kurash olib bordi. Hal qiluvchi uchrashuvda serb tennischisining qo‘li baland keldi va u Farg‘onadagi “Chellenjer”ning g‘olibiga aylandi.
Izoh (0)