Maykl Jeksonning otasi 89 yoshli musiqachi Jo Jekson o‘zining yaqin vaqt ichidagi o‘limi haqida tarqalgan mish-mishlarni tasdiqladi. U o‘zining Twitter’dagi sahifasida qoldirgan postida ma’lumotning haqiqiyligiga sha’ma qilgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Men qolganlaridan ko‘ra ko‘proq quyosh botishlarini ko‘rdim. Quyosh vaqti kelganda chiqadi, senga yoqadimi yoki yo‘q, vaqti kelganda botadi”, — deb yozgan Jekson o‘z postida.
Shuningdek, u o‘z postiga o‘zining quyosh botishi fonidagi suratini ilova qilgan.
Izoh (0)