KXDRning yetakchi OAVlari 25-iyun kuni nishonlanadigan Koreya urushi (1950—1953-yillar) boshlangan sana munosabati bilan AQShga nisbatan tanqidiy maqolalarni e’lon qilmadi, deb yozadi “TASS”.
Kyodo agentligi qayd etishicha, Shimoliy Koreyaning “Nodon sinmun” gazetasi urush boshlangan sanaga bag‘ishlab bir yo‘la bir nechta maqola chiqargan. Ularda asosan jang qilgan askarlar va ular qatnashgan janglar haqida aytiladi.
Shu bilan bir vaqtda KXDR OAVlari AQShni bevosita tilga olmadi hamda odatda qo‘llaniladigan “Amerika imperialistlari”, “dushmanlar” va “tajovuz” kabi iboralarni ishlatmadi. Avvalgi yillarda bunday mazmundagi maqolalar ushbu sana munosabati bilan e’lon qilinar edi. Bu Pxenyan va Vashington o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishi bilan bog‘liq vaziyatni buzmaslik uchun qilinayotgan bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.
Izoh (0)