Turkiya Oliy saylov komissiyasi rahbari Sadi Gyuven mamlakat yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on prezident saylovida mutlaq ko‘pchilik ovozga ega bo‘lganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya byulletenlarning 97,7 foizini hisoblab chiqqan, hisob-kitoblar natijalari bo‘yicha Erdo‘g‘on mutlaq ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritgan.
Oliy saylov komissiyasi rahbari qolgan byulletenlarning hisoblab chiqilishi endi natijaga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatlashib, uni Turkiya prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabriklagan edi.
Izoh (0)