KXDR yetakchisi Kim Chen In Pekinga yetib keldi. Bu haqda Nihon Television Network’ka tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Sinxua” agentligining ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisining Xitoyga tashrifi 19—20-iyun kunlariga rejalashtirilgan, biroq tashrif haqida batafsil ma’lumotlar mavjud emas.
Kim Chen In Xitoyga tashrifi chog‘ida mamlakat yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashib, 12-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Amerika — Shimoliy Koreya sammitida ko‘tarilgan mavzularni muhokama qiladi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida KXDR yetakchisi Si Szinpin bilan Xitoyning Dalyan shahrida uchrashgan edi.
Izoh (0)