Saudiya Arabistonining futbol bo‘yicha terma jamoasi Rossiyaning Rostov-Don shahrida bo‘lib o‘tadigan Urugvay jamoasi bilan o‘yinga yetkazib qo‘yilgan “Rossiya” aviakompaniyasi samolyotining dvigatelidan o‘t chiqishi dvigatelga qush kirib qolishi tufayligina yuz bergan bo‘lishi mumkin. Bunday fikrni Avia RU Network portali bosh muharriri Roman Gusarov bildirdi, deb yozadi “TASS”.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda hodisa aks etgan videorolik joylangan edi, unda uchib ketayotgan samolyot qanoti ostida, dvigatel yonida olov ko‘ringan. Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi samolyotdagi texnik nosozlik natijasida hech kim jabrlanmaganini ma’lum qildi.
“Dvigatellar ikki xil holatda yonib ketishi mumkin: dvigatel mexanizmini buzadigan ichki zarba natijasida yoki qush kirib qolishi tufayli. Ammo ichki zarba parvoz chog‘ida yuz beradi, ushbu holatda esa samolyot qo‘nayotgan bo‘lgan”, — dedi Gusarov.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, bu aviatsiyada ancha keng tarqalgan vaziyat bo‘lib, yiliga bunday holatlardan mingga yaqini qayd etiladi.
Izoh (0)