AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Yevropa o‘z migratsion siyosatida katta xatoga yo‘l qo‘ydi, Germaniya xalqi esa shu sababli o‘z rahbariyatiga qarshi bo‘lib qolmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Trampning Twitter’dagi o‘z sahifasida yozishicha, Germaniya xalqi o‘z rahbariyatiga qarshi bo‘lib qolmoqda, chunki migratsiya oshib bormoqda. Germaniyada jinoyatchilik o‘smoqda.
Trampning qayd etishicha, butun Yevropada katta xatoga yo‘l qo‘yilgan. Bunga o‘ziga millionlab kishilarning qabul qilingani sabab bo‘lgan. Ular esa madaniyatni kuchli va zo‘ravonlik bilan o‘zgartirdi.
Izoh (0)