Bittasida KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘tirgani taxmin etilayotgan avtomobillar korteji Pekin g‘arbidagi “Dyaoyuytay” hukumat qarorgohining markaziy darvozasidan kirdi, deb yozadi “TASS”.
Kim Chen In Pekinga 19-iyun, seshanba kuni ertalab ikki kunlik tashrif bilan yetib keldi. NHK telekanali xabariga ko‘ra, KXDR yetakchisi aeroportdan “Dyaoyuytay”ga yo‘l olgan.
Xitoy markaziy televideniyesi Kim Chen In 19—20-iyun kunlari XXRda tashrif bilan bo‘lib turishi haqida ma’lum qildi. Bu KXDR yetakchisining Xitoyga shu yil hisobidan uchinchi tashrifidir. Avvalgi tashriflar haqida ular tugaganidan keyingina rasman xabar berilgan edi.
Kuzatuvchilar Kim Chen In Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Singapurdagi sammit yakunlari haqida xabardor qilishini taxmin etmoqda.
Izoh (0)