Maykl Jesksonning ranchosida yashovchi Ali laqabli fil o‘z qafasidan qochib ketdi va AQShning Jeksonvill shahridagi o‘zi saqlanayotgan hayvonot bog‘ida sayr qildi. Bu haqda bog‘ning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilingan.
Fil saqlanadigan qafasning eshigi tasodifan ochiq qoldirilgan va u fil va jirafalar uchun mo‘ljallangan maydonlar orasida sayr qilishga yo‘l olgan. Bog‘ xodimlari tomonidan ta’kidlanishicha, tashrif buyuruvchilarga hech narsa xavf solmagan, chunki mutaxassislar hayvonni o‘z joyiga qaytarish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rgan. Ular Alini ovqat bilan jalb qilgan va hayvon mutaxassislar izidan borgan. Fil ochiqlikda 20 daqiqani o‘tkazgan.
Fil pop-qo‘shiqchining ranchosidan hayvonot bog‘iga 1997-yilda ko‘chirilgan.
Izoh (0)