AQShning Fichburg shahridagi aeroportda noodatiy samolyot havoga ko‘tarildi, deb xabar beradi National Geographic.
Ushbu samolyot to‘laligicha qog‘ozdan yasalgan hamda ustki qismi rasmlar bilan bezatilgan.
Og‘irligi 680 kilogramm bo‘lgan qog‘oz samolyot 2 yoshdan 92 yoshgacha bo‘lgan 4500 nafar ko‘ngillilar tomonidan yasalgan.
Samolyot yasash g‘oyasi shu shaharda yashovchi rassom va muzey direktori Jerri Bekdan chiqdi.
Jerri ushbu noodatiy samolyot yasashdan bir nechta maqsadlarni ko‘zlagan: Ginnesning rekordlar kitobiga kirish, insonlarni birlashtirish va ularga sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratish.
Gigant samolyotni yaratish bo‘yicha jamoaviy mehnat to‘rt yil davom etdi. Ixtirochilar 15 metrli samolyot yasashmoqchi edi, biroq uning uzunligi 19,5 metrga yetdi.
Izoh (0)