Indoneziyada bir erkak onasining dafn marosimida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Sulavesi orolida 15-iyun kuni bo‘lib o‘tayotgan dafn marosimi vaqtida erkaklar marhumaning tobutini maxsus supaga olib chiqayotganida, zinapoya buzilib ketgan. Oqibatda odamlar pastga qulagan, marhumaning tobuti esa uning 40 yoshli o‘g‘li boshi ustiga tushgan.
Erkakning hayotini saqlab qolishga urinishgan, biroq u kasalxonaga yetmay halok bo‘lgan. Hodisa oqibatida yana bir necha kishi tan jarohati olgan.
Izoh (0)