18 yil davomida lotereyada faqatgina bir xil sonlar kombinatsiyasidan foydalanib Amerikaning Aydaxo shtatida yashovchi Maykl Tren katta yutuqqa ega bo‘ldi. Bu haqda UPI’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Erkakning so‘zlariga qaraganda, u navbatdagi lotereya chiptasini xarid qilgan va an’anaga muvofiq har doimgi sonlar ketma-ketligini yozgan.
“O‘tgan kecha telefonim orqali chiptani skaner qildim. Ma’lum bo‘lishicha, men lotereya tashkilotchilari bilan bog‘lanishim kerak ekan”, — deydi Tren.
Omadli sonlar Trenga ikki million dollar mukofot olib keldi.
Aydaxolik erkakning aytishicha, u pullarning asosiy qismini uyi uchun olgan kreditni qoplashga sarflash niyatida.
Izoh (0)