Isroillik shifokorlar ko‘zi ojiz bemorning ko‘ziga o‘z tishining bir bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazib, uning ko‘rish qobiliyatini tikladi, deb yozadi Tengrinews.
Ayol ko‘z muguz pardasining og‘ir kasallanishi tufayli ko‘rmay qolgan. Mutaxassislar unga innovatsion ko‘chirib o‘tkazish usulini taklif qilganida, u tavakkal qilishga qaror qilgan.
Ushbu protsedura bir nechta bosqichdan iborat bo‘lib, dastlab bemorning sog‘lom tishini sug‘urib olishadi. Undan tuynukchali plastina tayyorlashadi va u yerga sun’iy muguz pardasini o‘rnatishadi. Shundan so‘ng konstruksiya odam terisi ostiga 2—4 oyga o‘rnatiladi. Ikkinchi bosqichda kompleks bemorning ko‘ziga implantatsiya qilinadi.
Tish to‘qimasidan foydalanishning afzalligi shundaki, organizm “tishli muguz parda”ni nojins jism deb o‘ylamaydi va uni qabul qiladi.
Operatsiyadan keyin bemor tez orada ko‘ra boshladi.
Izoh (0)