Moskva markazidagi Ilinka ko‘chasida taksi olomonga bostirib bordi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Avariya oqibatida 8 kishi jabrlandi. Ular orasida Meksika va Ozarbayjonning ikki nafardan fuqarosi hamda bir ukrainalik borligi aytilmoqda. Jabrdiydalarning 7 nafari qoniqarli holatda, bir ayol o‘rta darajada yaralangan.
Politsiya taksini boshqargan Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga oldi. U shirakayf bo‘lmagani va rulda uxlab qolgani bildirilmoqda. Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)