Afg‘oniston sharqida avtomobil portashi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Ushbu voqea jangarilar va hukumat kuchlari o‘rtasida tinchlik sulhi amal qilayotgan vaqtda yuz bergan. Hozircha ushbu hodisa uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Afg‘onistondagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi bungacha boshqa viloyatlarda ham buzilgan edi — jangarilar raketa qurilmalari va boshqa turdagi qurol-yarog‘larni tashib o‘tayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)