AQShning Kaliforniya shtati Apellyatsiya sudi juda og‘ir xasta kishilarning evtanaziyadan foydalanishiga ruxsat beruvchi qonunning amal qilishini qayta tiklash haqida qaror chiqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ushbu qonun yarim yildan ko‘p yashamaydigan og‘ir xasta bemorlarning o‘limga olib keluvchi dorilarni ichishiga ruxsat beradi.
“Ushbu qaror Kaliforniyadagi ba’zi bemorlar, ularning oilalari va shifokorlariga yengillik olib keladi”, — dedi Kaliforniya bosh prokurori Ksavyer Beserra.
Ushbu qonunga qarshi kishilar 2 iyulga qadar sud qarori ustidan shikoyat qilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda AQShning Vashington, Oregon, Vermont, Montana, Kolorado va Gavayi shtatlarida evtanaziyaga rasman ruxsat berilgan.
Izoh (0)