Afg‘oniston sharqidagi terakt qurbonlari soni kamida 26 kishiga yetdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Terakt 16-iyun, shanba kuni Nangarxar viloyatidagi Jalolobod shahri yaqinida sodir etildi.
Xudkush bo‘lgan mashina yaqinida afg‘on askarlari “Tolibon” harakati vakillari bilan hayit bayramini nishonlayotgandi.
Hodisa uchun javobgarlikni IShID zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)