Foydalanuvchilardan biri “Azon.uz” sayti mutasaddilaridan “Oshxonam yonida ‘Aroq-vino’ do‘koni ochildi. Og‘aynilarim bilan tunda do‘kon oynalarini sindirib, alkogol mahsulotlarini yo‘q qilib tashlamoqchimiz. Shu ishimiz joizmi?” deb so‘radi.
Mutasaddilar mazkur savolga shunday javob berdi:
“Bu ishingiz shar’an joiz emas. Munkar bilan bunday kurashilmaydi. Qolaversa, ahli kitobning nazdida alkogol mahsulotlari mulk sanaladi. Bu holda shariat ham talofat yetkazilgan mulkni sizdan egasiga undirib berishga hukm qiladi. Qolaversa, birovning mulkiga tajovuzning ham shar’an javobi bor.
Sizning holatingizda u odamga nasihat qilish va oshxonangizga aroq kirmasligini ta’minlash huquqingiz bor, xolos. Agar u do‘kon mulkingiz bo‘lganda ijara shartnomasini buzishingiz mumkin bo‘lardi. Demak, siz rejalagan ish shariatda aslo joiz emas”.
Izoh (0)