AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z Twitter’iga videorolik joylab, uni Singapurda 12-iyun kuni bo‘lib o‘tgan sammitda KXDR yetakchisi Kim Chen Inga ko‘rsatganini qayd etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
https://twitter.com/realDonaldTrump/status/1006648161538961408
Rolik bironta film treyleriga o‘xshab ketadi, u tarixni o‘zgartirgan odamlar hayoti haqida hikoya qiladi.
Rolikda rangli kadrlarda G‘arb mamlakatlarining muvaffaqiyatlari ko‘rsatib berilgan bo‘lsa, oq-qora kadrlarda do‘konlarning bo‘m-bo‘sh tokchalari va raketa parvozlari aks etgan. “Yetakchi dunyoning bir qismiga aylanish va o‘z xalqi uchun qahramon bo‘lish uchun o‘z mamlakatini rivojlantirish foydasiga tanlovini amalga oshiradimi?” — deydi kadr ortidagi ovoz.
AQSh prezidenti KXDR yetakchisi bilan qo‘shma bayonotni imzolash yakunlari bo‘yicha bergan intervyusida muzokaralar chog‘ida Kim Chen Inga KXDRning savdo sohasidagi imkoniyatlari namoyish qilingan videorolikni ko‘rsatganini aytgan edi.
https://www.facebook.com/WhiteHouse/videos/1710505219037204/?t=5
Izoh (0)