Fransiyada chordoqdan topib olingan Xitoy imperatori Syanlun davriga oid (1736—1795-yillar) sopol vaza Parij shahrida o‘tkazilgan Sotheby’s auksionida 16,2 million yevroga sotildi va auksion uyining fransuz bo‘limi uchun rekord bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Auksion uyi saytida ma’lum qilinishicha, kiyik, qush va qayinlar tasviri tushirilgan kamyob sopol vaza Fransiyadagi uyning chordoqidan tasodifan topib olingan va oyoq kiyimi qutisida auksion uyining Parij bo‘limiga yetkazilgan. Idish o‘zining so‘nggi egalariga ularning 1947-yilda vafot etgan qarindoshidan meros tarzida yetib kelgan. Sotheby’s tomonidan ta’kidlanishicha, vaza Fransiyaga XIX asrning oxirida kelib qolgan.
Fransuz matbuotining ma’lumotlariga ko‘ra, idishning yangi egasi savdo vaqtida zalda bo‘lgan xitoylik kishi bo‘lgan. Vazaning yakuniy narxi uning dastlabki baholangan 500—700 ming yevro narxidan bir necha marta oshib ketgan.
Izoh (0)